19 fev 13:33
Yangiliklar
Boks/MMA
Islam Maxachev: "Revanshga loyiq bo'lish kerak, u hali tayyor emas"
Yarim o'rta vazn toifasida rossiyalik UFC amaldagi chempioni Islam Maxachev avstraliyalik sobiq chempion Jek Della Maddalena va uning murabbiyi haqida fikr bildirdi.
"Kreyg bilan qafasda yo'llarimiz kesishgan edi. Men unga kimni shug'ullantirmasin, bizni engolmasligini aytdim. Xabib ham unga shogirdlari bizga qarshi 0-4 hisobida mag'lub bo'lganini aytdi. Kreyg darhol: "Nega 4? Ikki marta Volkanovski, bir marta Maddalena. Xuker mening shogirdim emas", dedi. Xabib esa: "Buning nima farqi bor? U ham avstraliyalik", dedi. Demak, jiu-jitsu samboga qarshi ishlamaydi. Revanshga loyiq bo'lish kerak. Jek hali bunga loyiq bo'lmadi. Balki kelajakda bo'lib qolar", deydi Maxachev.
Havola :
Manba : Матч ТВ
Fikrlar