23 fev 14:09
Yangiliklar
Boks/MMA

Islam Maxachev Topuriya bilan jang qiladimi? - Dana Uayt javob berdi
Yarimengil vazn toifasidagi chempionlik kamarini vakant qoldirgan Iliya Topuriya faoliyatini engil vaznda davom ettirishini malum qilgandi.
Bu holatdan keyin ko'pchilik Topuriyaning keyingi janglaridan biri engil vazn chempioni Islam Maxachevga qarshi o'tkazilishini taxmin qila boshladi. UFC prezidenti Dana Uayt bugungi UFC Fight Night 252 turniridan keyingi matbuot anjumanida bu savolga javob berdi.
"Bizda boshqa variantlar ham bor. Hozir juda ko'p ahmoqona ishlar bo'lyapti", — deya savolga qisqa javob berdi Uayt.
Eslatib o'tamiz, Islam Maxachev o'tgan oyda braziliyalik Renato Moykanoni birinchi raunddayoq bo'g'ish usuli bilan mag'lub etib, o'z kamarini to'rtinchi bor muvaffaqiyatli himoya qilgandi. Topuriya esa o'tgan yilning oktyabr oyida sobiq chempion Maks Xolloueyni muddatidan avval taslim etgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar