So’nggi yangiliklar

19:56Сафонов, Батраков , Захарян, Головин, Миранчук... Россия терма жамоаси Ўзбекистон билан ўйин учун қайдномасини маълум қилди 0 19:20Разамбек Жамалов тизза жароҳати сабаб Жаҳон чемпионатини ўтказиб юборади 0 18:36Формула-1. Андреа Кими Антонелли— АҚШ Гран-приси ғолиби! 0 18:13Ёпиқ иншоотлар ва жанг санъатлари Осиё ўйинлари бу йил ўтказилмайди 0 17:28Ислам Махачев Пратес–Моралес жанги ҳақида фикр билдирди 0 16:40Осиё Кубоги-2027: Ўзбекистон МТЖ ўйинлари вақти маълум 0 15:47UFC 333: Рамазон Темиров Абу-Дабидаги жанги орқали қанча гонорар ишлаб олди? 0 15:06Оғир атлетикачиларимиз Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 14:31Брэндон Ройвал Рамазон Темировнинг мағлубиятига кескин муносабат билдирди 0 12:53Моуриньо "Реал"га "Барселона"ни мағлуб этишга ёрдам берган энг муҳим қарорни маълум қилди 0 12:17U19 жаҳон чемпионатида олти нафар боксчимиз финалга чиқди 0 11:26Мария Тимофеева «Guangzhou Open»ни ғалаба билан бошлади 0 10:36Маҳмуд Мурадов ва Муроджон Аҳмадалиев Рамазон Темировнинг мағлубиятига муносабат билдирди 0 09:45Элит ОЧЛ. Бугун "Пахтакор" Ироқда, "Нефтчи" Фарғонада ўйнайди 0 08:37Алишер Ғаниев Жаҳон чемпионатида бронза медалига сазовор бўлди 0

11 sen 10:40
Yangiliklar

Boks/MMA

Islam Maxachev: "UFC`dan qo'ng'iroq kutyapman"

Irlandiyalik Yen Machado Gerriga qarshi jangda chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qilganidan deyarli bir oy o'tib, UFC`ning yarim o'rta vazndagi chempioni rejalari bilan o'rtoqlashdi.

Islam Maxachev o'z so'zida oktagonga joriy yil oxiri yoki kelasi yil boshida qaytish niyatida ekanligini tasdiqladi va bo'lajak raqiblari nomini aytdi.

"Jangdan so'ng men uchta MRT tekshiruvidan o'tdim va umurtqa pog'onamni to'liq tekshirtirdim. Bir nechta kichik muammolar bor, shuning uchun hozir ular bilan shug'ullanyapman. Jiddiy narsa emas, shunchaki belimni mustahkamlayapman.

UFC`dan qo'ng'iroq kutamiz. O'ylaymanki, Ramazongacha jang o'tkazish eng maqbul variant. Ramazon fevral oyida boshlanadi, shuning uchun unga qadar jang qilib olish ideal bo'lardi", — dedi rossiyalik jangchi "Match TV"ga bergan intervyusida.

Maxachevning so'zlariga ko'ra, raqib masalasi hali uzil-kesil hal qilinmagan, biroq chempionlik kamari uchun ikki aniq davogar bor.

"Ushbu vazn toifasida meni har kuni mashg'ulot qilishga undaydigan haqiqiy davogarlar bor. Menda kamida ikki juda yaxshi raqib bor: Karlos Prates va Maykl Morales. SHuning uchun bo'shashishga vaqt yo'q", — deya qo'shimcha qildi UFC`ning eng yaxshi jangchisi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing