28 noy 15:25
Yangiliklar
Boks/MMA
Islam Maxachev va Arman Carukyan jang shartnomasiga imzo chekmagan
Engil vazn toifasida chempionlik jangi ishtirokchilari Islam Maxachev va Arman Carukyanning hali jang shartnomasiga imzo chekmagani aytilmoqda.
Bu haqda amaldagi chempionning menejeri Rizvan Magomedov xabar berdi.
"Yo'q, shartnoma hali jangchilar tomonidan imzolanmadi. Biz shartnomani ham ko'rmadik. Lekin 18 yanvar sanasi uchun tayyorgarlikni davom ettiryapmiz. Sentyabr oyida jang sanasini elon qilishgan va biz uni qabul qilgandik. Ammo yana aytaman, na raqib va na shartnoma bo'yicha rasmiy malumot yo'q. Faqat taxmin qilyapmiz, raqib Arman Carukyan bo'ladi", - dediMagomedov.
Avvalroq, Islam Maxachev va Armanom Carukyan o'rtasidagi jang 18 yanvar kuni AQSHning Los-Anjeles tashkil etiladigan UFC 311 turniri doirasida o'tkazilishi haqida xabarlar paydo bo'lgandi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar