04 noy 13:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Islam Maxachev Volkanovski bilan bo'lajak jangga tarif berdi
Islam Maxachev Aleks Volkanovski bilan ehtimoliy jang haqida fikr bildirdi.
Engil vaznda UFC'ning yangi chempioni, rossiyalik Islam Maxachev yarimengil vazn chempioni, avstraliyalik Aleks Volkanovski bilan ehtimoliy jang haqida gapirdi. Mazkur jang 2023 yil 12 fevralda, Avstraliyada o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.
"Volkanovski bilan jang bu — ikkita kamarni birlashtirishdir. U vazn toifasidan qatiy nazar eng yaxshi jangchilar reytingida birinchi raqamli, o'z vaznini esa "tozalab" ulgurgan. U rejali uslubga ega, kurashda tajribasi katta, zarba texnikasi ham yaxshi. O'ylashimcha, bu ayni damdagi eng qiziqarli janglardan biri", - dedi Maxachev.
Havola :
Manba : mma.metaratings.ru
Fikrlar