10 avg 15:01
Yangiliklar
Velosport, Voleybol, Gandbol, Suv sporti turlari
Islom birdamligi o'yinlarida medallar jamg'arish bo'yicha vaziyat qanday?
SHu kunlarda Turkiyaning Konya shahri musulmon olami davlatlari ishtirokidagi V Islom birdamligi o'yinlariga mezbonlik qilmoqda.
Ayni shu daqiqalarga qadar 56 davlat qatnashayotgan musobaqada Turkiya terma jamoasi medallar jamg'arish bo'yicha katta farq bilan peshqadamlikni davom ettiryapti. Mezbonlar 39 ta medalni qo'lga kiritib ulgurishdi. SHundan 16 tasi oltin, 14 tasi kumush, 9 tasi bronza medali.
Eron va Qozog'iston sport delegaciyalari 5 tadan oltin medalni o'z hisoblariga qo'shib qo'yishdi. Kumush medallar sonining ko'pligi uchun eronliklar ikkinchi pog'onadan joy olishgan. O'zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 2 ta kumush, 6 ta bronza, jami 11 ta medal bilan hozircha 4-o'rinni band etgan. Jami 22 davlat terma jamoalari kamida 1 tadan bronza medalini qo'lga kiritishgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar