06 avg 15:21
Yangiliklar

Islom Birdamligi o'yinlariga tayyorgarlik boshlandi
7-21 noyabr kunlari Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahri mezbonlik qiladigan ushbu musobaqa dasturidan dzyudo bellashuvlari ham o'rin olgan.
Uch yil avval Turkiyaning Konya shahrida o'tkazilgan V Islom Birdamligi o'yinlarida dzyudochilarimiz 6 ta oltin, 2 ta kumush, 5 ta bronza, jami 13 ta medal bilan 56 ishtirokchi davlat orasida umumjamoa hisobida 1-o'rinni egallagan edi. Bu bilan dzyudo terma jamoamiz O'zbekiston sport delegaciyasining yakunda ikkinchi o'rinni band etishiga katta xissa qo'shgandi.
SHu kunlarda dzyudochilarimiz hisob bo'yicha VI Islom Birdamligi o'yinlarida musnosib tarzda ishtirok etish uchun tayyorgarlikka zo'r berishgan. Terma jamoa bosh murabbiyi Aleksey Budolin mashg'ulotlarni ham nazariy, ham amaliy tarzda o'tkazmoqda.
Fikrlar