So’nggi yangiliklar

02:09Даниил Ейбог Олимпиада ярим финалида стартга чиқди 0 00:55Қишки Олимпиада. Даниил Ейбог ярим финалга йўл олди 0 00:05УЕФА президенти Қозоғистонда сайланади 0 19:42Қишки Олимпиада. Тоғ чанғичиси Медет Назаров гигант слалом дастурини топ-50да якунлади 0 19:19Ўзбекистон яна бир спорт тури бўйича Осиё чемпионати мезбонлигини қўлга киритди 0 18:50Таэквондо терма жамоамиз Тошкентда ўқув-машғулот йиғинини ўтказмоқда 0 18:17Расман: Игор Тудор "Тоттенхэм" бош мураббийи этиб тайинланди 0 17:52Аспиналлни камардан маҳрум қилиш ва ростердан чиқариш ҳақидаги миш-мишлар рад этилди 0 17:27Ислам Махачев UFC’да кейинги жангини қачон ўтказишни хоҳлашини айтди 0 17:05"UFC бу жангни хоҳлаяпти". Мураббий Топурия - Махачев жанги ҳақида гапирди 0 16:39Горецка ёзда "Арсенал"га ўтишга қизиқмоқда 0 16:14Майк Тайсон Флойд Мейвезер билан бокс жанги бўлишини тасдиқлади 0 15:48"UFC ҳеч қачон боксдан яхшироқ бўлмайди" - Теренс Кроуфорд 0 15:27Милан ва Кортина-2026. Медет Назаров гигант-слаломдаги илк чиқишини якунлади 0 15:10Дю Плесси Чимаев билан реванш ўтказиш истагини билдирди 0

12 noy 23:00
Yangiliklar

Og'ir atletika, Karate, Muaytay, Suv sporti turlari

Islom birdamligi o'yinlarining beshinchi kunida beshta oltin qo'lga kiritildi! (Bugungi barcha natijalar bitta sahifada)

VI Islom birdamligi o'yinlarining beshinchi kungi bellashuvlari nihoyasiga etdi.

Musobaqada ishtirok etayotgan o'zbekistonlik sportchilarning ishtirokiga oid yangiliklarni ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

Bugun o'zbekistonlik sportchilar turnir doirasida 5 ta oltin va 5 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi.

Bugungi g'olib va sovrindorlarimiz ro'yxati bilan tanishing: 

Oltin:

3 ta: Akbar Jo'raev (og'ir atletika, 110 kg)

Ilya Sibircev (suzish, 400 m masofaga erkin usulda)

Eldorbek Usmonov (suzish, 100 m masofaga batterflyay usulida).

Bronza:

3 ta: Tursunoy Jabborova (og'ir atletika, +86 kg)

SHarofiddin Amriddinov (og'ir atletika, +110 kg)

Ilya Sibircev, Eldorbek Usmonov, Mixail Kleshko, Muhammadsodiq Maqsudov (suzish, 4x100m erkin usulda).




— — — — —

22:52. Suzuvchilarimiz — Ilya Sibircev, Eldorbek Usmonov, Mixail Kleshko, Muhammadsodiq Maqsudov 4x100m erkin usulda suzish dasturining hal qiluvchi bosqichida 3:23.82 soniyada marraga etib keldi. Bu orqali hamyurtlarimiz musobaqaning bronza medalini qo'lga kiritishdi!


22:41. Anastasiya Zelinskaya, Mahdiya Muxtorova, Parizod Abdukarimova hamda Osiyoxon Redjepovadan iborat suzuvchi qizlarimiz 4x100m erkin usulda suzish finalida chiqish qildi. Afsuski, sportchilarimiz bellashuvni yakuniga etkaza olmadi.


22:34. Suzuvchi Iskandar Sadullaev 50 m masofaga brass usulida suzish finalida qatnashdi. 0:28.74 soniyada marraga etib kelgan vakilimiz 8 nafar sportchi orasida so'nggi natija sohibi bo'ldi.


21:53. Eldorbek Usmonov Islom birdamligi o'yinlarining oltin medali sohibi! U 100 m masofaga batterflyay usulda suzish finalida 0:52.69 soniya bilan barcha raqiblarini ortda qoldirdi va oltin medalga ega chiqdi!


21:32. Muay-taychimiz Sevara Dilmurodova (65 kg) yarim finalga yo'l oldi! Hamyurtimiz chorak final bosqichida misrlik Jumana Ahmed bilan 0:0 hisobida durang qayd etgan bo'lsa-da, hakamlar Sevaraning qo'lini baland ko'tarishdi.


21:28. SHarofiddin Amriddinov siltab ko'tarish mashqida 210 kg natija bilan to'rtinchi bo'ldi. Uning ikki kurash yakuniga ko'ra qayd etgan natijasi ham to'rtinchi bo'ldi — 398 kg.


21:10. Parizod Abdukarimova 50 m masofaga chalqancha usulda suzish bahslarining hal qiluvchi bosqichida 8 nafar sportchi orasida oltinchi bo'ldi — 0:30.91


21:04. OLTIIIIN! Ilya Sibircev 400 m masofaga erkin suzish dasturi finalida 3:50.01 soniyada marraga birinchi bo'lib etib keldi. Bu orqali u Ar-Riyod-2025 Islom birdamligi o'yinlari g'olibiga aylandi!


20:42. SHarofiddin Amriddinovda bronza! +110 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda ishtirok etayotgan hamyurtimiz dast ko'tarish bahslarida 188 kg tosh ko'tarib, uchinchi bo'ldi.


20:40. Bahora Xushvaqtova ayollar o'rtasidagi muay-tay bahslarining 60 kg vazn toifasi chorak finalida eronlik Zahra Akbariga 17:20 hisobida imkoniyatni boy berdi.


20:21. Suzuvchi Anastasiya Zelinskaya 400 m masofaga erkin usulda suzish finalida startga chiqdi va 4:43.28 soniya natija bilan etti sportchi orasida so'nggi bo'ldi.


20:03. 67 kg vaznli karate ustasi Abdulvahob Rashidov bronza medali uchun kechgan bahsda BAA vakili Omar CHaltunga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Jang taqdirini hakamlar qarori hal qildi.


18:32. Tursunoy Jabborova hisobida yana ikkita bronza! Yurtdoshimiz siltab ko'tarish dasturida 138 kg tosh ko'tardi. Ikki kurash yakunidagi 254 kg natija ham Tursunoyga medal taqdim etdi. 23 yoshli Jabborova Ar-Riyoddagi VI Islom birdamligi o'yinlarini 3 ta bronza medali bilan nihoyasiga etkazdi.


17:43. Og'ir atletikadagi yana bir medalimiz! Bu safar +86 kg vazndagi sportchimiz Tursunoy Jabborova dast ko'tarish mashqida 116 kg natija bilan uchinchi bo'ldi va bronza medalini qo'lga kiritdi.


16:29. Aziza Mamurova muay-tay bo'yicha musobaqalarning 55 kg vazn toifasi chorak finalida iordaniyalik Dana Kilanini 30:26 hisobida mag'lub etdi va yarim final bosqichi yo'llanmasiga ega chiqdi.


16:09. NAVBATDAGI OLTINLAR! Akbar Jo'raev siltab ko'tarish dasturini 227 kg bilan yakunladi va bu dasturda ham tengsiz ekanini yana bir bor isbotlab qo'ydi. U ikki kurash yakuni bo'yicha ham (420 kg) Islom birdamligi o'yinlarining oltin medaliga ega chiqdi. SHu tariqa, Akbar Ar-Riyoddagi o'yinlarni 3 ta oltin medal bilan yakuladi!


Kechgi dasturda karate bo'yicha terma jamoamiz azosi Abdulvahob Rashidov (67 kg) bronza medali uchun jang qiladi. Uning BAA vakili Omar CHaltunga qarshi bahsi Toshkent vaqti bilan 19:40 dan so'ng boshlanishi belgilangan.


15:35. Afsus! Karatechimiz Quvonchbek Muhammadiev (75 kg) chorak final bosqichida turkiyalik Enes Bulutga imkoniyatni boy berdi — 1:5.


15:32. Muay-tay ustasi SHoiraxon Abduxoliqova (50 kg) Eron terma jamoasi vakilasi Xassenzadex Mirsadegxiga qarshi bahsda 28:29 hisobida alamli mag'lubiyatga uchradi va musobaqani chorak final bosqichida yakunladi.


15:23. Karate bellashuvlari davom etyapti. 75 kg vazn toifasidagi sportchimiz Quvonchbek Muhammadiev Mozambik vakili Maksimiano Sambo bilan jang qilib, 8:0 hisobida g'alaba qozondi va chorak final chiptasiga ega chiqdi.


15:02. Og'ir atletikachi Akbar Jo'raevning dast ko'tarish bellashuvlaridagi yakuniy natijasi 193 kg bo'ldi. U ikkinchi o'rindagi raqibi, ozarbayjonlik Dadash Dadashbaylini 13 kgga ortda qoldirdi.


14:58. Akbar Jo'raev dast ko'tarish bellashuvlarida o'zining ilk urinishidayoq 183 kg tosh ko'tarib, raqibini 3 kg farq bilan ortda qoldirgan holda oltin medalni qo'lga kiritdi!


14:14. Tajribali muay-taychimiz Hasan Salomov (60 kg) chorak final doirasida ozarbayjonlik Ali Aliev bilan to'qnash keldi. Bellashuv 30:27 hisobida Aliev foydasiga yakunlandi.


14:07. 68 kg vaznli karatechimiz Bonu Egamberdieva nimchorak final bosqichida iordaniyalik Jud Aldrusga 2:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.


13:28. Karate ustasi Abdulvahob Rashidov (67 kg) o'tish bosqichining ilk davrasida suriyalik Favaz Bani Almarjehni 11:3 hisobida mag'lub etdi.


13:25. Suzuvchilarimiz ishtirokidagi yarim finallar yakuniga etdi. Natijalar quyidagicha:

Erkaklar, 200 m masofaga chalqancha usulda suzish saralashi:

10. Bunyod Baxtiyorov (2:12.54) saralashdan o'ta olmadi;

Ayollar, 400 m masofaga erkin usulda suzish saralashi:

6. Anastasiya Zelinskaya (4:40.29) finalga yo'l oldi;

Erkaklar, 400 m masofaga erkin usulda suzish saralashi:

1. Ilya Sibircev (3:59.91) eng yaxshi natija bilan finalga yo'l oldi;

Erkaklar, 400 m masofaga erkin usulda suzish saralashi:

12. Yuriy Petrovnin (4:09.51) saralashdan o'ta olmadi;

Erkaklar, 4x100m erkin usulda suzish saralashi:

4. O'zbekiston (Ilya Sibircev, Eldorbek Usmonov, Mixail Kleshko, Muhammadsodiq Maqsudov) (3:31.92) final masalasini hal qildi.



13:21. Afsus. Abdulvahob Rashidov (karate, 67 kg) musobaqaning nimchorak final bosqichi doirasida saudiya arabistonilik Mohammed Alassiri oldida ojiz qoldi — 0:4. U endi o'tish bosqichida qatnashadi.


13:16. 67 kg vazn toifasidagi o'zbekistonlik karatechi Abdulvahob Rashidov ilk davrada Ozarbayjon vakili Nuran Rzazade bilan bahs olib bordi va 2:0 hisobida g'alaba qozonib, nimchorak finalga yo'l oldi.

   

— — — — —

Bugun musobaqada ishtirok etadigan o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati:  

12:00. Karate (erkaklar, 67 kg, 1/16 final bosqichi). Abdulvahob Rashidov - N.Rzazade (Ozorbayjon)

12:15 dan keyin. Suzish (erkaklar, 200 m masofaga chalqancha usulda suzish saralashi). Bunyod Baxtiyorov

12:20 dan keyin. Suzish (ayollar, 400 m masofaga erkin usulda suzish saralashi). Anastasiya Zelinskaya

12:35 dan keyin. Suzish (erkaklar, 400 m masofaga erkin usulda suzish saralashi). Yuriy Petrovnin

12:35 dan keyin. Suzish (erkaklar, 400 m masofaga erkin usulda suzish saralashi). Ilya Sibircev

12:55 dan keyin. Suzish (erkaklar, 4x100m erkin usulda suzish saralashi) Ilya Sibircev, Eldorbek Usmonov, Mixail Kleshko, Muhammadsodiq Maqsudov

13:00. Karate (ayollar, 68 kg, 1/8 final bosqichi). Bonu Egamberdieva - J.Aldrus (Iordaniya)

13:45. Muay-tay (erkaklar, 60 kg, chorak final). Hasan Salomov - A.Aliev (Ozarbayjon)

14:00. Og'ir atletika (erkaklar, 110 kg, final). Akbar Jo'raev

15:00. Muay-tay (ayollar, 50 kg, chorak final). SHoiraxon Abduxoliqova - Xassenzadex Mirsadegxi (Eron)

15:00. Karate (erkaklar, 75 kg, 1/8 final bosqichi). Quvonchbek Muhammadiev - M.Sambo (Mozambik)

16:30. Muay-tay (ayollar, 55 kg, chorak final). Aziza Mamurova - D.Kilandi (Iordaniya)

17:00. Og'ir atletika (ayollar, +86 kg, final). Tursunoy Jabborova

20:00. Og'ir atletika (erkaklar, +110 kg, final). SHarofiddin Amriddinov

20:35 dan keyin. Suzish (ayollar, 50 m masofaga chalqancha usulda suzish finali). Parizod Abdukarimova

20:45. Muay-tay (ayollar, 60 kg, chorak final). Bahora Xushvaqtova - Z.Akbari (Eron) yoki A.Asilbek kizi (Qirg'iziston)

21:00 dan keyin. Suzish (erkaklar, 100 m masofaga batterflyay usulida suzish finali). Eldorbek Usmonov

21:30 dan keyin. Suzish (erkaklar, 50 m masofaga brass usulida suzish finali). Iskandar Sadullaev

21:35 dan keyin. Suzish (ayollar, 4x100m erkin usulda suzish saralash va finali). Anastasiya Zelinskaya, Mahdiya Muxtorova, Parizod Abdukarimova, Osiyoxon Redjepova

22:00. Muay-tay (ayollar, 65 kg, chorak final). Sevara Dilmurodova - J.Elzalabani (Misr)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing