So’nggi yangiliklar

01:09Ислом бирдамлиги ўйинлари: учинчи кундан кейин медаллар жамғариш рейтингидаги ўрнимизни сақлаб қолдик 0 01:00Ислом бирдамлиги ўйинларининг учинчи кунида 9 та медаль. Шулардан 5 таси олтин! 0 19:17Тимур Кападзе: "Мухлисларга доимий қўллаб-қувватлов, энергия ва жамоага бўлган ишончи учун катта раҳмат!" 0 18:56Муса Аймуратов Жаҳон кубогини кучли саккизталикда якунлади 0 18:35Ўзбекистон Миллий Паралимпия қўмитаси раиси Мухторхон Ташходжаев IBSA Ижроия кенгаши аъзоси этиб сайланди 0 18:14Жаҳонгир Нажмиддиновда ғалаба. Етти нафар ҳамюртимиз Alash Pride 114 турнирида жанг қилишди 0 17:53Мбаппе ва Винисиус ўртасидаги зиддият кучайиб бормоқда 0 17:32Сергей Фомин Баҳрайндаги турнирда вице-чемпион бўлди + ФОТО 0 17:1146 ёшли собиқ UFC чемпиони проф боксда дебют қилди (ВИДЕО) 0 16:50"Ҳумо" янги чемпионатдаги илк ғалабасини нишонлади 0 16:29Ўзбекистон МТЖ Дубайга етиб борди 0 16:08Пара дзюдо бўйича Осиё чемпионатида 9 та медал қўлга киритилди 0 15:47Бой боксчилар рейтинги эълон қилинди. Усик ўртада, Жейк Пол охирида 0 15:26Хабиб Макгрегор билан жанг ҳақида: "Бу менинг таътилим эди" 0 15:05Эшитдик-да! Қарши давлат университети Про лигада ўйнаши мумкин 0

11 noy 01:00
Yangiliklar

Boks/MMA, Dzyudo, Og'ir atletika, Suv sporti turlari

Islom birdamligi o'yinlarining uchinchi kunida 9 ta medal. SHulardan 5 tasi oltin!

Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda VI Islom birdamligi o'yinlarining uchinchi kungi bellashuvlari bo'lib o'tdi..

Musobaqada ishtirok etayotgan o'zbekistonlik sportchilarning ishtirokiga oid yangiliklarni ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.  

Bugungi kun yakuniga ko'ra, o'zbekistonlik sportchilar 5 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medallariga ega chiqishdi 

Sovrindorlarimiz ro'yxati bilan tanishing: 

Oltin:

Abdulloh Madaminov (boks) 

Humorabonu Mamajonova (boks)

Madiyar Daniyarov (boks) 

Sarvarbek Zafarjonov (og'ir atletika)

Sarvar Zafarjonov (og'ir atletika)


Kumush:

Odinaxon Ismoilova (boks)

Dzyudo jamoaviy aralash

Sarvar Zafarjonov (og'ir atletika)


Bronza:

Estafeta 4x100 metr (aralash)



00:23. AJOYIB! Og'ir atletikachi Sarvarbek Zafarjonov siltab ko'tarish bahslarida haqiqiy qahramonlik ko'rsatib, 202 kg natija bilan raqibini 1 kg farqda ortga qoldirib, oltin medalga ega chiqdi. Bundan tashqari, hamyurtimiz ikki kurash bo'yicha 363 kg natija bilan tengsiz bo'ldi. SHu tariqa, Sarvarbek Zafarjonov Islom birdamligi o'yinlarini 2 ta oltin va 1 ta kumush medal bilan nihoyasiga etkazdi.


00:13. So'nggi finalda ringga chiqishi kerak bo'lgan bokschimiz Madiyar Daniyarov jangsiz musobaqa g'olibiga aylandi. Uning ozarbayjonlik raqibi Mahammadali Gasimzada jangdan bosh tortdi va natijada oltin medal hamyurtimizga nasib etdi.


00:04. Xumorabonu Mamajonova Islom birdamligi o'yinlarining oltin medalini qo'lga kiritdi

Boks bellashuvlarida yana bir final bahsi yakunlandi. Ayollar o'rtasida -57 kg vazn toifasida kechgan chempionlik jangida hamyurtimiz Xumorabonu Mamajonova ozarbayjonlik raqibasini 5:0 hisobida mag'lub etib, musobaqa g'olibasiga aylandi.


23:49. Buxorolik bokschi Saidjamshid Jafarov Ozarbayjon terma jamoasiga oltin medal taqdim etdi. U finalda turkiyalik Sultan Osmanlini 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

23:37. Sarvar Zafarjonov dast ko'tarishda kumush medallik bo'ldi

Og'ir atletikachimiz Sarvar Zafarjonov (-88 kg) ham o'z ishtirokini boshladi. Sportchimiz dast ko'tarish mashqida 161 kg bilan kumush medalga ega chiqdi.

23:16. Riyod-2025: Abdulloh Madaminov delegaciyamizga navbatdagi oltin medalni keltirdi

Boks bellashuvlarida O'zbekiston delegaciyasi dastlabki oltin medalni rasmiylashtirdi. Erkaklar o'rtasida -65 kg vazn toifasining finalida jang qilgan Abdulloh Madaminov jazoirlik raqibidan 5:0 hisobida ustun keldi va Islom birdamligi o'yinlari g'olibiga aylandi.


22:43. Riyod-2025: Bokschimiz Odinaxon Ismoilova kumush medalga sazovor bo'ldi

Islom birdamligi o'yinlarida boks bo'yicha bugungi dasturdan o'rin olgan final bellashuvlari boshlandi. Ayollar o'rtasida kechgan -60 kg vazn toifasidagi final jangida Odinaxon Ismoilova turkiyalik raqibiga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi va kumush medalni qo'lga kiritdi.

21:49. Bizda bronza! Aralash jamoaviy dasturda 100 m masofaga kompleks usulda suzish bahslari finalida qatnashgan to'rtligimiz Eldorbek Usmonov, Muhammadismoil Rahmonov, Parizod Abdukarimova hamda Osiyoxon Redjabova 4:04.70 soniyada marra chizig'ini kesib o'tdi. Bu sportchilarimizga bronza medalini taqdim etdi. Kun davomidagi ikkinchi medalimiz!


21:44. SHahnoza Haydarova og'ir atletikaning 69 kg vazn toifasidagi bahslarni medalsiz yakunlaydigan bo'ldi. U 117 kg tosh ko'tarib, siltab ko'tarishda to'rtinchi bo'ldi. 


21:30. Roman Berkovich va Muhammadismoil Rahmonov 200 m masofaga brass usulida suzish dasturining finalida ishtirok etdi. Berkovich 2:19.07 soniya natija bilan etti sportchi orasida to'rtinchi, Rahmonov esa 2:20.86 natija bilan so'nggi, ettinchi o'rinni qayd etdi.


Parizod Abdukarimova 100 m masofaga chalqancha suzish finalida 1:08.28 soniyada marra chizig'ini kesib o'tdi va 8 nafar sportchi orasida oltinchi bo'ldi.


Suzuvchi Abdulazizbek Abdumajidov esa 100 m masofaga erkin suzish yarim finalida 0:52.61 natija bilan o'z guruhida so'nggi pog'onani band etdi.


Og'ir atletika bahslarida qatnashayotgan SHahnoza Haydarova (69 kg) dast ko'tarish bellashuvlarini 95 kg bilan beshinchi o'rinda yakunladi.


20:27. Dzyudochilarimiz aralash jamoaviy dastur finalida Ozarbayjonga 0:4 hisobida mag'lub bo'lib, kumush medal bilan cheklanishdi. Bu bugungi kunning ilk medali bo'ldi.


17:30. Hozirga kelib, musobaqada boks bo'yicha final bellashuvlari o'tkazilayotgan bo'lishi kerak edi. Biroq malum bo'lishicha, arenada yuzaga kelgan texnik nosozliklar tufayli musobaqa kechiktirilmoqda. Janglar qachon boshlanishi nomalum.


Dzyudochilarimizning aralash jamoaviy dastur finalidagi raqibi Ozarbayjon bo'ladi. Oltin medal yo'lidagi bahs 20:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.


15:31. Aralash jamoaviy bellashuvlar yarim finalida ishtirok etayotgan dzyudochilarimiz yarim final bosqichida Turkiya bilan bahs olib bordi va 4:3 hisobida g'alaba qozonib, final bosqichiga yo'llanma olishdi.


SUZISH: Berkovich va Rahmonov kechgi dasturda, aniqrog'i 20:05 dan keyin 200 m masofaga brass usulida suzish dasturi finalida qatnashadi. Abdulazizbek Abdumajidov esa 20:40 dan keyin 100 m masofaga erkin usulda suzish bahslari yarim finalida chiqish qiladi. SHuningdek, 100 m masofaga kompleks usulda suzish bahslarida qatnashgan to'rtligimiz eng yaxshi natija bilan musobaqa finaliga yo'l oldi. Ularning hal qiluvchi bosqichdagi ishtiroki 21:00 ga to'g'ri keladi.


13:04. Erkaklar o'rtasida 200 m masofaga brass usulida suzish bahslarida Muhammadislom Rahmonov 2:21.67 natija bilan sakkiz nafar atlet orasida beshinchi bo'ldi. Roman Berkovich esa birinchi saralash guruhida qatnashib, 2:19.86 soniyada etib kelgan holda ikkinchi bo'ldi. Uning keyingi bosqichga yo'l olish masalasi birozdan so'ng malum bo'ladi.


13:01. 200 m masofaga brass usulida suzish dasturi saralashida chiqish qilgan Mahdiya Muxtorova 2:55.86 soniyada marra chizig'ini kesib o'tdi va 7 nafar sportchi orasida beshinchi bo'ldi.


12:50. Hozirga qadar bir qator suzuvchilarimiz saralash bahslarida startga chiqib ulgurishdi. Jumladan, Abdulazizbek Abdumajidov va Muhammadsodiq Maqsudov 100 m masofaga erkin usulda suzish bahslarining saralashida ishtirok etib, yakunda Abdumajidov 0:52.54 natija bilan sakkiz sportchi orasida ettinchi, Maqsudov esa 0:53.2 vaqt bilan etti nafar atlet orasida beshinchi bo'ldi.


— — — — —

Bugun musobaqada ishtirok etadigan o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati: 

12:00. Suzish (ayollar, 100 m erkin usulda, yarim final). Osiyoxon Rejepova

12:00. Suzish (ayollar, 100 m erkin usulda, yarim final). Parizod Abdukarimova

12:10. Suzish (erkaklar, 100 m erkin usulda, yarim final). Abdulazizbek Abdumajidov

12:10. Suzish (erkaklar, 100 m erkin usulda, yarim final). Muhammadsodiq Maqsudov

12:20. Suzish (ayollar, 200 m brass usulida, saralash va final). Mahdiya Muxtorova

12:30. Suzish (erkaklar, 200 m brass usulida, saralash va final). Muhammadislom Rahmonov

12:30. Suzish (erkaklar, 200 m brass usulida, saralash va final). Roman Berkovich

12:50. Suzish (erkaklar to'rtligi, 100 m mikst, saralash va final). Eldorbek Usmonov, Muhammadislom Rahmonov, Osiyoxon Rejepova, Parizod Abdukarimova

15:00. Dzyudo (aralash jamoaviy dastur, yarim final va final). SHahram Ahadov, Zamoxshari Bekmurodov, SHahzodxo'ja SHaripov, Alisher Yusupov, Muzaffarbek To'raboev, Muhayyo Axmatova, SHukurjon Aminova, Xurshida Razzoqberdieva, Umida Nig'matova, Irisxon Qurbonboeva

16:25. Boks (ayollar, 60 kg, final). Odinaxon Ismoilova - Evin Erginoguz (Turkiya)

16:50. Boks (erkaklar, 65 kg, final). Abdulloh Madaminov - Ait Bekka Jugurtxa (Jazoir)

19:30. Og'ir atletika (ayollar, 69 kg, final). SHahnoza Haydarova

20:15. Suzish (ayollar, 100 m chalqancha usulda suzish, final). Parizod Abdukarimova

21:10. Boks (ayollar, 57 kg, final). Xumorabonu Mamajonova - Aynur Mikayilova (Ozarbayjon)

21:30. Boks (erkaklar, 60 kg, final). Madiyar Daniyarov - Muxammadali Gasimzoda (Ozarbayjon)

21:30. Og'ir atletika (erkaklar, 88 kg, final). Sarvarbek Zafarjonov.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing