10 may 12:25
Yangiliklar
“Islom birdamlik o'yinlari”. Gandbolchilarimiz mag'lubiyat bilan boshlashdi
Kecha musobaqaning birinchi kuni ilk marotaba “Islom birdamlik o'yinlari”da ishtirok etayotgan O'zbekiston sport delegaciyasi bahslarga kirishdi.
Sportchilarimiz ishtirokini gandbolchi qizlarimiz boshlab
berishdi. O'zbekiston qo'l to'pi terma jamoasi “SarhadchıArena”da
o'tayotgan musobaqaning guruh bosqich ilk uchrashuvida turkiyalik gandbolchilarga
21:37 hisobida yutqazib qo'yishdi.
SHu o'rinda takidlash joiz, O'zbekiston qo'l to'pi terma jamoasi musobaqadagi eng yosh tarkibga ega. Qizlarning o'rtacha yoshi 23ni tashkil qiladi. Turkiya terma jamoasining o'rtacha yoshi esa - 29.
Bugun qo'l to'pi ustalarimiz Ozarbayjon terma jamoasiga
qarshi bahs olib borishadi. Kecha mezbonlar Kamerun terma jamoasidan 28:26 hisobidaustun kelishgandi.
Fikrlar