26 fev 07:32
Yangiliklar

Ispaniya Kubogi. "Barselona" - "Atletiko" uchrashuvida 8 ta gol urildi
Uchrashuvning 1-daqiqasidayoq madridliklar Alvaresning goli evaziga hisobni ochishdi. Oltinchi daqiqada "Barselona" ikkinchi golni ham o'tkazib yubordi. Tanaffusgacha Flik shogirdlari 3 ta gol urib, kambek qilishdi. 74-daqiqada Levandovski farqni ikkitaga oshirdi. Ammo kataloniyaliklar g'alabani saqlab qola bilishmadi.
Bu jamoalar o'rtasidagi javob o'yini 2 aprel kuni Madridda bo'lib o'tadi. Yarim finalning ikkinchi uchrashuvi esa bugun o'tkaziladi. Unda San-Sebastyanning "Real Sosedad" klubi o'z maydonida Madridning "Real" jamoasini qabul qiladi.
"Barselona" - "Atletiko" 4:4 (3:2)
Barselona. "Olimpik Lyuis Kompanis" stadioni
Gollar: Alvares X., 1 (0:1). Grizmann A., 6 (0:2). Pedri, 19 (1:2). Kubarsi P., 21 (2:2). Inigo Martines, 41 (3:2). Levandovski R., 74 (4:2). Lorente M., 84 (4:3). Serlot A., 90+3 (4:4)
Barselona: SHensni V., Kubarsi P., Balde A., Inigo Martines, Kunde J., Pedri (Garsiya E., 85), Yamal L., Olmo D. (Gavi , 68), de Yong F., Torres F. (Levandovski R., 68), Rafinya (Fermin Lopes , 85)
Atletiko: Musso X., Ximenes X., Galan X. (Mandava R., 55), Langle K., Gallaxer K. (Molina N., 60), de Paul R. (Serlot A., 68), Barrios P., Lorente M., Grizmann A. (Korrea A., 68), Alvares X., Simeone D. (Lino S., 55)
Ogohlantirishlar: Galan X., 16’. Ximenes X., 82’. Barrios P., 88’. Serlot A., 90+1’
Fikrlar