15 iyu 19:24
Yangiliklar
Futbol
Ispaniya safida Tokio Olimpiya o'yinlarida kumush medal qo'lga kiritgan futbolchi 8,5 yilga qamaldi
Ispaniya sudi "Elche" hujumchisi Rafa Mir jinsiy zo'ravonlikda aybdor deb topdi.
Sudya 28 yoshli futbolchiga 8.5 yilga qamoq jazosini tayinladi.
Malumot uchun, 2024 yilning sentyabr oyida o'z uyida ikki ayolga nisbatan jinsiy zo'ravonlik qilganlikda ayblanib, hibsga olingan edi.
Hujumchi faoliyati davomida "Sevilya", "Valensiya", "Vulverxempton", "Las-Palmas" "Ueska" kabi jamoalarda to'p surgan.
Mir 2021 yilda Tokioda bo'lib o'tgan yozgi Olimpiya o'yinlarida Ispaniya safida kumush medalga ega chiqqan. U ushbu musobaqada 6 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.
Futbolchi yakunlagan mavsumda La Ligada 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urgan.
Havola :
Manba : Marca
Fikrlar