18 avg 12:17
Yangiliklar
Israel Adesanya bugungi mag'lubiyatiga izoh berdi
UFC 305 turnirining markaziy jangida o'rta vazn toifasida amaldagi chempion Drikus Dyu Plessi ushbu kamarning sobiq sohibi Israel Adesanyani to'rtinchi raundda bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratdi. Adesanya faoliyatida ilk bor shunday holatdagi mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Bu uning ketma-ket ikkinchi mag'lubiyati bo'ldi.
"Drikusning chaqilmas yong'oq ekanini, meni bu jangda nimalar kutayotganini bilgandim. Jang to'xtatilguniga qadar ochkolar hisobida g'alaba qozonayotgan edim. Lekin birgina yosh bolalarcha yo'l qo'ygan xatoim barchasini barbod qildi. Bu holatimdan hayratdaman. Ammo men bu jangga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandim. O'zimni jangdan oldin ham, jang paytida ham juda yaxshi his qilayotgan edim. Ko'pchilik mag'lubiyatimdan xursand bo'lyapti, meni yomon ko'radiganlar bisyor. Men tirikman va tugallanmay qolgan ishni yakunlash uchun qaytaman", — dedi Adesanya.
Fikrlar