10 mar 07:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Israel Adesanya - Jared Kannonir jangining sanasi malum
O'rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Israel Adesanya navbatdagi himoya jangini o'tkazadi.
Uning raqibi reytingning ikkinchi pog'onasidan joy egallab turgan Jared Kannonir bo'ladi. Ushbu jangning 30 iyul kuni UFC 277 turniri doirasida o'tkazilishi malum qilindi. Bu haqida taniqli sharhlovchi Ariel Xelvani xabar berdi.
Israel ham, Jared ham so'nggi janglarini 12 fevral kungi UFC 271 turnirida o'tkazishdi. Xyustondagi o'sha oqshomda Israel Adesanya to'rtinchi bor kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi. U ochkolar hisobi bo'yicha Robert Uittakerni mag'lub etdi. Jared Kannonir esa ikkinchi raundda Derek Bransonni nokautga uchratdi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar