11 fev 15:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Israel Adesanya: Keyingi jangim kamar uchun kechadi
Kelajagi porloq sifatida qaralayotgan UFC jangchisi Israel Adesanya keyingi jangi chempionlik kamari uchun o'tkazilishini malum qildi.
“Aslida reja bo'yicha Uittaker - Gastelum jangi g'olibi bilan uchrashishim kerak edi. Lekin bu jang o'tkazilmadi va aynan mening ishtirokimdagi bahs oqshomning markaziy jangi maqomida bo'ldi.
Meni bir narsa qiziqtiryapti: teletranslyaciyadan tushadigan katta gonorar kimga beriladi? Har holda o'tkazilmay qolgan markaziy jang ishtirokchilari olmasa kerak. Gonorardan katta ulush men Anderson Silvaga tegishi kerak”, - dedi Adesanya.
Eslatib o'tamiz, kecha Israel Adesanya UFC 234 oqshomining markaziy jangida 43 yoshli sobiq jahon chempioni Anderson Silvani ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Fikrlar