07 mar 22:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Isroil Madrimov AQSHda mashg'ulotlarni boshladi + FOTO
Professional bokschimiz Isroil Madrimov AQSHda mashg'ulotlarni boshladi. Bu haqda sportchi Instagramdagi sahifasi orqali xabar berdi.
Olamsport.com saytiga malum bo'lishicha, Isroil Madrimov navbatdagi jangini aprel oyida Toshkentda tashkil etiladigan professional boks oqshomida o'tkazadi. Tasdiqlanmagan xabarlarga ko'ra, charm qo'lqo'p ustamizga amerikalik Jomentey Klark raqiblik qiladi.
Eslatib o'tamiz, Madrimov so'nggi jangini o'tgan yilning 15 avgustida amerikalik Erik Volkerga qarshi o'tkazib g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar