04 mar 07:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Isroil Madrimov AQSHga yo'l oldi + FOTO
Professional bokschimiz Isroil Madrimov mashg'ulotlarda ishtirok etish uchun Amerika Qo'shma SHtatlariga jo'nab ketdi.
Bu haqida murabbiy To'lqin Qilichev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida malumot berdi.
Rejaga ko'ra, navbatdagi jangga mashg'ulotlar AQSHning Kaliforniya shtatida olib boriladi.
Olamsport.com sayti malumotiga ko'ra, Isroil Madrimov navbatdagi jangini aprel oyida Toshkentda tashkil etiladigan jang oqshomida o'tkazadi. Tasdiqlanmagan malumotilarga ko'ra, o'sha kuni unga amerikalik Jemontey Klark raqiblik qiladi.
Havola :
Manba : instagram.com/tulkin_kilichev
Fikrlar