15 mar 23:21
Yangiliklar
Boks/MMA

Isroil Madrimov kim bilan jang qilishi aniq bo'ldi, raqib barcha jangida muddatidan oldin g'alabaga erishgan
Professional bokschimiz Isroil Madrimov navbatdagi jangini 3 aprel kuni Toshkentda o'tkazadi.
O'sha kuni unga Kongo Demokratik Respublikasi vakili Emmani Kalombo raqiblik qiladi. Malumot uchun, Kalombo prof faoliyati davomida 14 marotaba jang o'tkazgan va ularning barchasida raqiblarini nokaut evaziga mag'lub etgan. Isroil Madrimov esa shu kungacha professional boksda 6 marotaba jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. Janglarining 5tasini u muddatidan oldin o'z foydasiga hal qilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar