31 mar 16:08
Yangiliklar
Boks/MMA

Isroil Madrimov: "Nasib qilsa, jangdagi g'alabamni o'z uslubimda nishonlayman"
"Uzbek Tigers" bokschisi Isroil Madrimov (-75 kg) ertangi jangi oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Astana Arlans" jamoasiga qarshi bo'ladigan janglar uchun tarkibimiz tayyor holatda. Bilasiz, qozog'istonlik bokschilar dunyoda yuqori o'ringa ega sportchilardan hisoblanadilar. 2 marotaba WSB turnirlarida chempionlikni qo'lga kiritganlar.
Biroq, bugungi kunda o'zbek bokschilari ham yuqori natijalarni qayd etishgan. Nasib qilsa, yaxshi janglar o'tkazib, muxlislarimizni xursand qilamiz.
Avval u bilan ringda to'qnash kelmaganman. Uning jang uslublarini o'rganib chiqdik.
G'alabani nishonlash uslubim? Nasib etsa, yaxshi jang o'tkazib, g'alaba qozonsam o'z ananamga sodiq qolgan holda uni yangicha yo'nalishda nishonlayman" - deydi Isroil Madrimov saytimiz uchun bergan intervyusida.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar