26 noy 15:52
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/23428_220.jpg)
Isroil Madrimov "Neft mamlakatlari kubogi" finalida mezbon bokschiga yutqazib qo'ydi
Rossiyaning Beloyarskiy shahrida bo'lib o'tayotan turnirda -75kg vazn toifasidagi bokschimiz Isroil Madrimov final jangini o'tkazishi haqida xabar qilgandik.
Istedodli bokschimiz hal qiluvchi jangda rossiyalik Andrey Kovalchukka qarshi jang qildi. Aslini olganda, Isroil jangda yaqqol mag'lub bo'lgani yo'q. Ammo, to'liq ustunlik ham qilgani yo'q. Yakunda hakamlar mezbon bokschining g'alaba qozonganini qayd etdilar va sportchimiz turnirning kumush medali bilan kifoyalanishga majbur bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar