29 fev 07:43
Yangiliklar
Boks/MMA

Isroil Madrimov tarozidan o'tdi, ertaga jang + FOTOGALEREYA
Xabar berganimizdek, bizning vaqt bilan ertaga tongda AQSHning Texas shtati Frisko shahrida professional boks kechasi o'tkaziladi.
Bugun ananaga ko'ra boks oqshomi ishtirokchilarini tarozidan o'tkazish marosimi tashkil etildi. Unda birinchi o'rta vazn toifasida WBA Inter-Continental chempionlik kamari sohibi bo'lib turgan 24 yoshli hamyurtimiz Isroil Madrimov hamda uning ertangi raqibi venesuelalik CHarli Navarro ham tarozidan o'tdi.
Har ikki bokschi ham belgilangan vazn meyorini bajarishdi. Ikkala bokschi ham bir xil - 153,2 funt (69,5 kg) tosh bosgan. Ertangi jang g'olibi chempionlik kamari uchun ringga chiqish huquqini qo'lga kiritadi. Ertangi jang "Sport" telekanalida to'g'ridan-to'g'ri namoyish etiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar