31 iyu 11:58
Yangiliklar
Isroil Madrimov: "Vakillarimiz raqibdan tashqari hakam bilan ham jang qilishiga to'g'ri kelmoqda"
"Olimpiadani kuzatyapmiz. Bokschilarimiz ham raqib bilan ham hakamlar bilan jang qilishiga to'g'ri kelmoqda. Lekin ko'proq hakamlar bilan kurashishyapti. Bilasiz, bizning jamoa favorit. Bilmadim endi, hakamlar qanday hisoblayapti. Ular bizga qarshi ishlayapti.
Mirazizbek Mirzaxalilov to'liq yutgan jangda g'alabani raqibiga berib yuborishdi. Tushunish juda qiyin. Barcha chempionatlar g'olibi jangni yaqqol ustunlik bilan yutayotgandi, g'alaba 100 foiz hamyurtimizga berilishi lozim edi. Nima sababdan raqibning qo'li ko'tarilganiga tushunmadim.
Bildik, hakamlar bizga qarshi ishlayapti. Buni Tursunoy Rahimovaning jangida ham ko'rdim. Bunday vaziyatlar mening faoliyatimda ham kuzatilgan. Alam qiladigani, eng katta musobaqalarda shunday holatlarning bo'lishi.
CHunki, sportchi Olimpiada, Jahon chempionati, Osiyo o'yinlariga uzoq yillar davomida tayyorgarlik ko'radi. SHuncha mehnat qilib, endi mevasini eyman deganingizda sizdan g'alabani tortib olishadi. Albatta, bu alamli. Bunday vaziyatda men sportchilarimizga achinaman",- dedi Madrimov.
Sarvinoz RAXMONQULOVA suhbatlashdi
Fikrlar