25 noy 17:02
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/23399_220.jpg)
Isroil Madrimovda g'alaba, u ham finalda jang qiladi
Rossiyada bo'lib o'tayotgan xalqaro turnirda Isroil Madrimov yarim final jangini o'tkazdi.
-75kg vazn toifasida janglarda ishtirok etayotgan bokschimiz ushbu bosqichda mezbon bokschi Vladislav Savostyanovga qarshi ringga chiqdi.
Jang to'liq Isroilning ustunligi ostida kechdi. U hattoki ikkinchi raundda raqibini nokdaun holatiga ham tushirib qo'ya oldi. Yakunda hakamlar bir ovozdan bokschimizning g'alabasini qayd etdilar.
Endi Madrimov finalda boshqa bir rossiyalik bokschi Andrey Kovalchukka qarshi jang qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar