16 okt 13:35
Yangiliklar
Isroil Madrimovning bo'lajak raqibi Usik-Fyuri revansh jangiga taxmin bildirdi
"Ko'pchilik Aleksandr Usik ikkinchi jangning boshida osongina g'alaba qozonishini aytishmoqda. Men bunga qo'shilmayman. Fyuri juda noananaviy bokschi. U jangga "meshok" sifatida chiqib, umuman bokschi bo'lmagan Frensis Ngannuni arang engishi ham mumkin.
Menimcha, Fyuri bu jangga barlarda tayyorlandi. SHu bilan birga, u Klichko bilan jangdagidek yaxshi harakatlana oladi yoki Uaylderdagidek og'ir zarbalar bera oladi. Tayson juda ko'p qirrali jangchi, u oz vaqt ichida ham strategiyasini o'zgartira oladi.
Aleksandr Usik barcha mumkin bo'lgan scenariylarga tayyor bo'lishi kerak. O'ylaymanki, Aleksandr ochkolar bo'yicha g'alaba qozonadi. Balki Fyuri o'z tayyorgarligiga jiddiy qaramasa, nokaut bo'lishi ham mumkin", dedi Bogachuk.
Revansh 21 dekabrga belgilangan. Xuddi o'sha oqshomda Bogachukning o'zi hamyurtimiz Isroil Madrimov bilan to'qnash keladi.
Fikrlar