23 sen 07:55
Yangiliklar
Boks/MMA
Isroil Madrimovning jangini tashkil etish huquqi 245 ming dollar evaziga sotib olindi, bahs O'zbekistonda o'tkazilishi mumkin
Avvalroq, WBA Isroil Madrimov va Mishel Soro o'rtasidagi jangga buyruq bergani haqida xabar qilgandik.
Ushbu jangni tashkil etish uchun aukcionda "Matchroom Boxing" kompaniyasi g'olib chiqdi. Tashkilot jangni 245 000 dollar evaziga sotib oldi.
Mazkur jang g'olibi yarimo'rta vazn toifasida WBA yo'nalishi chempioni Jermell CHarloga qarshi jang qilish huquqiga ega bo'ladi.
Boxer TV kanalining ESPNga asoslanib xabar berishicha, Eddi Xirn ushbu jangni AQSH, Franciya yoki O'zbekistonda tashkil etish rejasi borligini malum qilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar