02 fev 10:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Isroil Madrimovning navbatdagi jang sanasi va manzili malum
Professional bokschimiz Isroil Madrimov ayni kunlarda AQSHda navbatdagi jangiga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Kaliforniyada yashab, o'sha erda bo'lajak janglariga hozirlik ko'radigan Madrimovning navbatdagi jang sanasi malum bo'ldi. Isroilning bizga xabar berishicha, jang katta ehtimol bilan 29 fevral kuni AQSHning CHikago shahrida o'tkaziladi.
Lekin hozircha ushbu jang sanasi va manzili rasman o'z tasdig'ini topgani yo'q. Ammo, haqiqatga ancha yaqin. Madrimov so'nggi jangini 2019 yilning 5 oktyabrida Alexandro Barreraga qarshi o'tkazgan va beshinchi raundda raqibini nokautga uchratgan edi.
Malumot uchun, kuni kecha elon qilingan yangilangan WBA reytingida Isroil Madrimov birinchi o'rta vazn (69,85 kg) toifasida uchinchi o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar