04 fev 11:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Isroil Madrimovning navbatdagi raqibi aniq bo'ldi
Professional bokschimiz Isroil Madrimov 29 fevral kuni AQSHda jang qilishi haqida avvalroq xabar qilgandik.
Malum bo'lishicha, hamyurtimiz o'sha kuni venesuelalik CHarli Navarroga qarshi ringga ko'tariladi. Malumot uchun, ayni paytda Intercontinental kamari sohibi bo'lgan Madrimov shu kungacha 4 ta jang o'tkazgan va ularning barchasida nokaut evaziga g'alaba qozongan.
Navarro esa bungacha professional ringda 38 marotaba ringga ko'tarilib, ularning 29 tasida g'alaba qozongan (22 ta nokaut). 9 marotaba mag'lub bo'lgan (3 ta nokaut).
Eslatib o'tamiz, jang Texas shtatidagi Frisko shahrida o'tkaziladi. Kechaning markaziy jangida Mayki Garsiya Jessi Vargasga qarshi to'qnash keladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar