07 may 08:12
Yangiliklar
Istanbul Open. Matchboldan chiqib ketgan Kudermetova kambek evaziga muqarrar mag'lubiyatni g'alabaga aylantirdi
Musobaqada mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Polina Kudermetova ham muvaffaqiyatli odimlamoqda. Vakilamiz ilk davrada turkiyalik CHagla Buyukakchayni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratgandi - 6/3, 6/1.
Tennischimiz ikkinchi bosqichda ancha murakkab uchrashuv o'tkazdi. Kudermetova 1/8 finalda rossiyalik Anastasiya Gasanovaga qarshi dramatik bahsda kambek amalga oshira oldi. Polina 3/6, 0/3 hisobida imkoniyatni boy bera turib, o'yinga qaytishga muvaffaq bo'ldi. Avvaliga ikkinchi setni 7/5 hisobida o'z foydasiga hal qildi. Keyin esa hal qiluvchi uchinchi setda ham xuddi shu hisobda zafar quchdi - 7/5.
Taqqoslash uchun, Polina Kudermetova ayni paytda WTA reytingida 123, Anastasiya Gasanova roppa-rosa 200-o'rinni egallab turibdi. Ikkala tennischi ham meyoridan ortiq qo'shxatoga yo'l qo'ydi - 10 ga 8, Gasanova "foydasiga". Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi bo'ldi. Ikkala bahs ham Polina foydasiga hal bo'lgan. Endi Kudermetova ertaga, 8 may kuni 1/4 final uchrashuvida WTA reytingida 256-pog'onada borayotgan franciyalik Alise Tubelloga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar