09 may 08:13
Yangiliklar
Istanbul Open. Timofeeva yarim finalda, Kudermetova esa...
Turkiyaning Istanbul shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha Istanbul Open WTA 125 turnirining navbatdagi o'yinlari bo'lib o'tdi.
Musobaqada ishtirok etayotgan ikki tennischimiz — Mariya Timofeeva hamda Polina Kudermetova ham navbatdagi bosqich doirasida kortga chiqishdi.
Timofeeva britaniyalik Francheska Jonsga qarshi kechgan bahsda 7/6, 6/3 hisobida g'alaba qozonib, yarim finalga yo'l oldi. Jons o'yin oldidan dunyo reytingida 101-o'rinni egallab turgandi.
Mariya endi musobaqa finali uchun Franciya vakilasi Alis Tubello (WTA-256) bilan bahs olib boradi. 25 yashar Tubello chorak final bosqichida hamyurtimiz Polina Kudermetovadan ustun keldi — 4/6, 6/2, 6/4.
Havola :
Manba : Olamsport.com
Fikrlar