05 may 17:18
Yangiliklar
Istanbul Open. Timofeevaning ham yurishi boshlandi
Musobaqada mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Polina Kudermetova muvaffaqiyati start olgan edi. Biroz avval uchinchi raketkamiz Mariya Timofeeva ham birinchi davradan o'tib oldi. Turnirda oltinchi raqam ostida saralangan Mariya 1/16 finalda germaniyalik Noma Noa-Akugueni ikki set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 6/3.
To'qson olti daqiqa davom etgan bahsda Timofeeva 2 ta eys zarbasini amalga oshirdi, 3 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.
Taqqoslash uchun, Mariya Timofeeva ayni paytda WTA reytingida 136, Noma Noa-Akugue 166-o'rinni egallab turibdi. Endi Mariya ertaga bizning vaqt bilan soat 13:00da boshlanadigan 1/8 final uchrashuvida reytingning 647-pog'onasidan joy olgan latviyalik Adelina CHachinovaga qarshi kortga chiqadi.
Malumot uchun, Mariya Timofeeva va Polina Kudermetovaning yo'llari 1/2 finalda to'qnash kelishi mumkin. Buning uchun har ikki tennis malikalarimiz ikkitadan uchrashuvda g'alaba qozonishlari shart.

Fikrlar