06 noy 10:53
Yangiliklar
Istedodlar kamol topayotgan maktab
Biz tanishtirmoqchi bo'lgan Namangan ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida ham (direktori Akramjon Dedabaev) istedodlar kamol topmoqda. Sport maskanida mashg'ulotlarga zo'r berayotgan o'g'il-qizlar shubhasiz hatto milliy terma jamoalar safida xalqaro musobaqalarning shohsupalaridan o'rin olishga ham muvaffaq bo'lishmoqda.
Maktab internatida ayni paytda sportning futbol, voleybol, basketbol, badminton, engil atletika, og'ir atletika, boks, yunon-rum kurash, dzyu-do, taekvon-do (WTF), kurash, belbog'li kurash, trampolin, badiiy gimnastika, suzish, slalom, suv polosi, velosport, o'zbek jang sanati, tennis, stol tennis, qilichbozlik, karate (VKF) turlari bo'yicha 599 (shundan qizlar 99) nafar sportchi-o'quvchilar o'zlari tanlagan sport turlari bo'yicha mashg'ulotlarda ishtirok etishadi.
3 nafar xalqaro toifadagi sport ustasi, 21 nafar sport ustasi, 219 nafar sport ustaligiga nomzod, 232 nafar 1-razryad, 124 nafar ommaviy razryadli sportchi-o'quvchilarga 78 nafar malakali murabbiylar ustozlik qilishadi.
O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2018 yil 29 dekabrdagi “sport turlari bo'yicha terma jamoalar tarkiblarini tasdiqlash to'g'risida”gi 1127-sonli buyrug'iga asosan talim muassasasining sportchi-o'quvchilaridan o'smirlar va yoshlar toifasidagi milliy terma jamoa tarkibida 35 nafari asosiy, 39 nafari zaxiradan joy olishgan.
Maktab-internatining yosh sportchilari joriy yilning sentyabr oyiga qadar 100 dan ortik Respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda ishtirok etib, 72 ta oltin, 63 ta kumush, 84 ta bronza medallarini qo'lga kiritgan.
Jumladan, boks bo'yicha Tailandda o'tgan Osiyo chempionatida ishtirok etgan SHukurjon Rahimov uchinchi o'rinni band etgan. kurash bo'yichaTailandning Pattaya shahrida bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida Dillola Dehqanboeva ikkinchi o'rinni, dju-jitsu sport turidan Qozog'istonda bo'lib o'tgan Gran-pri musobaqasida Javohir Ibrohimjanov uchinchi o'rinni, O'zbek jang sanati bo'yicha Toshkent shahrida bo'lib o'tgan Osiyo ochiq chempionatida Diyora Olimjonova hamda Muxlisa Nabijanova birinchi o'rinni, Mushtariy Abdusattarova uchinchi o'rinni band etishgan.
Dzyudo bo'yicha 23-24 fevral kunlari Ozarbayjonda o'tkazilgan Gran-prida ishtirok etgan Xosiyat Hasanboeva uchinchi o'rinni, dzyudo bo'yicha 12-15 aprel kunlari Toshkent shahri mezbonlik qilgan Osiyo kubogida Gulshoda Xalilova uchinchi o'rinni, 26-28 sentyabr kunlari erkin kurash bo'yicha Qirg'izistonda bo'lib o'tgan xalqaro turnirda G'ofir To'lqinov birinchi o'rinni, Muhammadkodir Tulanboev ikkinchi, Sarvar Tursunboev, G'aybullo Hasanboev, Otabek Haydarov, Javohir G'ulamjonov uchinchi o'rinnlari egallashgan.
Boks bo'yicha Rossiyaning Orenburg shahrida bo'lib o'tgan xalqaro turnirda Temurbek Dehqonov birinchi, Jamshidbek Mahamadaliev, Dilshod Isroilov ikkinchi bo'lishgan.
Badiiy gimnastika bo'yicha Toshkent shahrida bo'lib o'tgan YOUTH CUP-2019 IV-xalqaro turnirda Sarvinoz Mamadalieva, Maftuna Normirzaeva ikkinchi, Xolida Sotimova, Xafiza Usmonova, Zulfizor Hamidjanova, Kamola Rafikjanovalar uchinchi o'rinlarni egalashgan bo'lishsa, belbog'li kurash bo'yicha 8-11 avgust kunlari Toshkent viloyati Olmaliq shahrida 2002-2003 yillarda tug'ilgan o'smir va qizlar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan Gulsanam Obidjonova 52 kg.da birinchi o'rinni egallab jahon chempionligini qo'lga kiritgan.
Xurrambek Yusufjonov esa o'smirlar o'rtasida 52 kg.da ikkinchi o'rinni egallab kumush medal sohibiga aylangan. 2-7 avgust kunlari Erkin kurash bo'yicha Tojikistonda o'tgan xalqaro turnirda G'ofir To'lqinov, Javohir G'ulomjonov, SHodiyor Qodirovlar birinchi, Muhammadqodir Yo'ldoshev ikkinchi, G'aybullo Hasanboev uchinchi o'rinni band etishgan.
Boks bo'yicha 15-20 sentyabr kunlari Tojikistonning Xo'jand shahrida 2001-2002 yillarda tug'ilgan yoshlar o'rtasidagi halqaro turnirda Asadbek Sayfullaev, Ibrohim Ortiqov birinchi, Alisher Burxonov, Azimjon Ergashev ikkinchi, Hasanboy Musoxonov, Doniyorbek Mirzahamdamovlar uchinchi o'rinni qo'lga kiritishgan.
Boks buyicha 30 sentyabr – 5 oktyabr kunlari Andijonda yoshlar va kattalar o'rtasida O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan murabbiy V.A.Zolotaryov xotirasiga bag'ishlab o'tkazilgan xalqaro turnirda Sohibjon Sodiqjonov ikkinchi o'rinni, Ulug'bek Qayumboev uchinchi bo'lishgan. Sport maskani tarbiyalanuvchilari shuningdek, O'zbekiston chempionati va kubok musobaqalarida joriy yildagi erishgan natijalariniyam etirofga sazavor, deyish mumkin.
Misol uchun, Islom Ikromjonov, Alina Islamova (engil atletika), Qizlarxon Abdulxomidova, Alimardon Ikramov, Islom Ubaydullaev (og'ir atletika), SHoxsanam Yigitalieva, Ruxsoraxon Hasanboeva (voleybol), Dillola Dehqanboeva, Zulfira O'razboeva (kurash), Vadim Ibragimov, Diyorbek Yuldashev (qilichbozlik), Diyora Olimjonova, Maxliyo Abdurashidova, Muxlisa Nabijanova, Mushtariy Abdusattarova, Akmal Abdubannaev, Ahmad Marufjanov (O'zbek jang sanati), Dillola Dehqanboeva, Oydina Abduxomidova, Xosiyatxon Hasanboeva (dzyudo), Sardor Azimjonov, Olloyor Abduqodirov, Ahmadulloxon Fazliddinov (Yunon–rum kurashi), Muhammadmirzo Abdupattaev, Mashrabjon Nazaraliev, Umidjon Olimjonov, Samandar Akbarov (trampolin)singari o'nlab o'quvchilarining mamlakat miqyosida o'tkazilgan chempionatlarda oltin, kumush va bronza medallarini qo'lga kiritib, maktab-internati sharafini munosib himoya qilib kelishmoqda.
Maktab–internatining sportchi-o'quvchilari sentyabr, oktyabr oylarida ham bir qator sovrinli natijalarga erishishgan. Og'ir atletika bo'yicha terma jamoa azosi Laylo Xursanova 71 kg. vaznda 21-28 oktyabr kunlari KXDRning Pxenyan shahrida o'tgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida siltab ko'tarish va dast ko'tarishda ikkinchi va uchinchi o'rinni egallab, oliy o'quv yurtiga kirish yo'llanmasiga ega bo'lgan.
Boks bo'yicha yoshlar terma jamoa azosi Azimjon Ergashev 21-27 oktyabr kunlari Qozog'istonning Taldikurgan shaxrida «Jetisu kubogi» xalqaro turnirida kuchlilar qatoridan joy olgan. Boks bo'yicha Aloxon Abdullaev BAAning Fujayra shahrida o'tgan Osiyo chempionatida uchinchi o'rinni band etib, bronza medaliga sazavor bo'lgan. Boks bo'yicha istedodli sportchi SHukurjon Rahimov, og'ir atletika bo'yicha jahon chempionati sovrindori Athamjon Ergashevlar O'zbekiston terma jamoalarii safida “Tokio-2020” yo'llanmasi sari musobaqalarda bor mahoratlarini ishga solmoqda.
Maktab internatning futbol yo'nalishida 59 nafar o'quvchilar tahsil olayotgan bo'lib, ulardan o'n ikki nafari viloyat terma jamoalari safida O'zbekiston chempionatlarida kuchli uchlikdan joy olishmoqda. Besh nafar futbolchi turli yoshdagi milliy terma azolari sanalishadi. Futbolchilardan yana Azizbek Zokirov, Javohir Husanovlar “Navbahor” FK o'rinbosarlari asosiy tarkibidan joy olishgan. Jasur Obidov, Jamshid G'offorov, Azimjon Ahmadjonovlar “Navbahor” FK qoshidagi U-18 jamoasi safidan mustahkam o'rin olishgan. Iqtidorli futbolchilardan Murodjon Adashboev hamda Asilbek Orifjonov esa “Lokomotiv” FK jamoasi tarkibida O'zbekiston Pro-ligasida ishtirok etmoqda.
Agar etibor bergan bo'lsangiz, Namangan ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-interani sportchi-o'quvchilari tomonidan yuqorida takidlangan natijalar, erishilgan yutuqlar 2019 yilning o'n oyi davomida amalga oshiririlgan bo'lsa, demak hali oldinda yil yakuniga qadar yana ikki oy bor.
Demak, o'quvchilarning sportga bo'lgan ishtiyoqi oshib boraveradi, mashg'ulotlar ularni toblab borgani sari istedodlar bo'y ko'rsatib, nafaqat o'zi o'qiyotgan talim maskanini, balki ustozlarini, ota-onalari va yaqinlarini xursand qilib, mamlakatimiz sharafi uchun jahon sport ayvonlarida g'urur bilan bellashaveradi, medallarini ko'z-ko'z qilaveradi.
Ilhom RAHMONOV tayyorladi
Fikrlar