11 iyu 14:15
Yangiliklar
Futbol

Italiya termasini boshqarishga asosiy nomzod malum
“Xayduk“ bilan shartnomasini bekor qilgan Jennaro Gattuzo Italiya terma jamoasiga bosh murabbiy bo'lishi mumkin.
47 yoshli mutaxassis 4 karra jahon chempionlarini boshqarishga asosiy nomzod bo'lib turibdi. Gattuzodan tashqari De Rossi va Fabio Kannavarro ham davogarlar qatoridan joy olgan. Biroq Italiya futboli rahbariyati aynan Jennaroni terma jamoaga bosh murabbiy qilmoqchi.
Eslatib o'tamiz, JCH-2026 saralash bosqichining ilk turidagi mag'lubiyatdan so'ng Luchiano Spalletti Italiya termasidan istefoga chiqqandi.
Havola :
Fikrlar