So’nggi yangiliklar

10:18Валерий Карпин: "Ўзбекистонда умуман бошқа даражадаги футболчилар пайдо бўлди" 0 09:47Махачев Усман Нурмагомедовнинг кечаги қилмишига муносабатини билдирди + ФОТО 0 09:16БАА қонунлари бўйича Усман Нурмагомедовни қандай жазо кутаётгани айтилди 0 08:45Илия Топурия Усман Нурмагомедовнинг ҳибсга олингани ҳақида хабар берди 0 08:14Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Россияга қарши майдонга тушади 0 07:43Total Chess. Абдусатторов иккинчи кун Фирузджага қарши иккита партия ўтказди 0 07:12Хамзат Чимаев БАА фуқаролигини олиш қарорини изоҳлади 0 23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0

26 iyu 18:15
Yangiliklar

Futbol

Italiyalik jurnalist SHomurodovning kelajagi haqida malumot berdi

O'tgan mavsumni "Kalyari"da ijara asosida o'tkazgan hujumchi Eldor SHomurodov tez orada "Roma"ga qaytadi.

Biz O'zbekiston MTJ hujumchisining kelajagi haqida kalyarilik taniqli jurnalist Elia Serro bilan kichik suhbat uyushtirdik.

— Eldorning "Kalyari"dagi mavsumini qanday baholaysiz?

— Mavsum boshida bir qator muammolari bor edi. Yaxshi formada emasdi, sababi "Speciya" va "Roma"da kam o'ynagandi, shuningdek oyoq jarohati ham katta muammo edi. U mavsumning ikkinchi qismida 3 ta gol va 3 ta assist qayd etgan holda "Kalyari" ligada qolishida juda muhim rol o'ynadi. Umuman olganda bu o'yinchi uchun muvaffaqiyatli mavsum deb o'ylayman.

— Uning zaif va kuchli tomonlari haqida nima deya olasiz?

— SHubhasiz, uning kuchi to'psiz katta ish ko'lamini bajarishidadir. U to'p bilan ham yaxshi o'ynaydi, ammo uning bosim uyushtirishi va kurashishi ajoyib. SHuningdek, u to'psiz harakat qilganda sheriklari uchun vaziyatlar yaratadi. Salbiy jihatlariga kelsak, unga nostabil jismoniy formasini kiritgan bo'lardim. U yig'ilib qolgan jarohatlar sabab butun o'yinda turib bera olishi qiyin.

— Nima deb o'ylaysiz, u "Kalyari"da qolishi mumkinmi?

— Uning kelasi mavsumni "Kalyari"da o'tkazishiga ishonchim komil emas. Klubda xarid qilish huquqi bor, ammo 9 million evro evaziga. Klubda bunday pullar bor deya olmayman. "Kalyari" "Roma" bilan yangi ijara yoki xarid qilish narxini tushirishga urinib ko'rishi mumkin. Gap Eldorning sifatida emas, klubning moliyaviy holatida, — dedi jurnalist.


Forvard o'tgan mavsum "Kalyari" safida barcha musobaqalarda 23 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta assist qayd etdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing