So’nggi yangiliklar

13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0

03 noy 18:00
Yangiliklar

Og'ir atletika

IWF Prezidenti: O'zbekiston og'ir atletika bo'yicha nafaqat Osiyoda, balki jahonda eng qudratli davlatlardan biri

Teglar :  Og'ir atletika
CHexiya poytaxti Pragada Milliy olimpiya qo'mitalari Associaciyasining XXII Bosh Assambleyasi bo'lib o'tmoqda.

Unda Associaciyaga azo barcha – 206 ta Milliy olimpiya qo'mitalari vakillari, Xalqaro va qita Olimpiya qo'mitalari rahbarlari, Butunjahon sport federaciyalar va Associaciyalar mutasaddilari ishtirok etishmoqda. Mamlakatimiz nomidan Milliy olimpiya qo'mitalari Associacciyasi (MOQA) Bosh Assambleyasida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov qatnashmoqda.

CHexiyaga safari davomida Oybek Omilovich bir qator Xalqaro sport tashkilotlari, federaciya va Associaciyalar rahbarlari bilan uchrashishi xaqida xabar berib o'tgandik. Rejadagi ana shu uchrashuvlardan biri bugun Xalqaro og'ir atletika federaciyasi (IWF) Prezidenti Tomash Ayyan bilan bo'lib o'tdi. Malumki, so'nggi yillarda o'zbek og'ir atletika maktabi sezilarli darajada yuksalishga erishdi. Oybek Kasimov bilan suhbatda aynan shu hususda fikr bildirar ekan, Xalqaro og'ir atletika federaciyasi rahbari Ruslan Nurudinovning Rio Olimpiadasidagi zafarli yurishi tasodif emasligi, buning uchun O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi mutasaddilari, murabbiylar shtabi va albatta sportchining o'zi og'ir va mashaqqatli yo'l bosib o'tishganligiga alohida urg'u berdi.

O'zbek og'ir atletikasining bugungi kundagi taraqqiyotiga yuqori baho bergan Tomash Ayyan 2018 yilda bir yo'la ikkita nufuzli musobaqa mezbonligi bejizga O'zbekistonga ishonib topshirilmaganini takidlab o'tdi. Kelasi yilning 20-30 aprel kunlari o'smirlar o'rtasidagi qita chempionati va 3-14 iyul kunlari bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati aynan mamlakatimizda tashkil etiladi. Hozirda Osiyo chempionatini yurtimiz sayyoxlik saloxiyatini yanada rivojlantirish maqsadida Urganch shahrida tashkil etish masalasi ko'rib chiqilmoqda. Jahon chempionati esa poytaxtimiz Toshkentda bo'lib o'tadi. Bugungi uchrashuv davomida ana shu ikkita nufuzli musobaqani yuqori saviyada o'tkazish, tashkiliy ishlarni o'z vaqtida bajarish, musobaqa ishtirokchilari xavfsizligini taminlash maslalarida fikr almashildi. O'z navbvatida Oybek Kasimovning taklifiga binoan Tomash Ayyan ana shu musobaqalar davomida Toshkentga tashrif buyurishini aytib o'tdi.


Reyting:    

Fikrlar

+1   
03 noy 18:06:13
Халоллик тарафдори
Ойбек Касимовми ёки Айбек Касимов тўғри ёзинглар ҳар ҳолда Ўзбекмиз,шу инсонни исмини соф Ўзбекча қилиб Ойбек Қосимов деб ёзинглар.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing