So’nggi yangiliklar

18:51Левон Аронян: “Жавоҳир Синдаровга хоҳлаганини қилишига йўл қўйиб беришяпти” 0 18:30Осиё мамлакати ҳукуматнинг аралашуви туфайли ФИФАдан четлатилиши мумкин 0 18:09Нурмагомедов Царукянга: "Биз бу ерда узоқ қоламиз" 0 17:48Биринчи ракеткани мағлуб этган Кудерметова 1/2 финалда 0 17:27Арман Царукян бир ойлик ҳаражатларини очиқлади 0 17:06"Арсенал" Артета бўйича якуний қарор қабул қилди 0 16:45Конор Бен ва Режис Прогрейс тарозига чиқди 0 16:24Валентина Шевченко Жейк Полга кескин жавоб қайтарди 0 16:03Нурмагомедов чемпионлик камарини ҳимоя қилади. Рақиб маълум! 0 15:42"Реал" "Бавария" футболчиси учун 165 млн евро тўлашга тайёр 0 15:20Дзюдочиларимиз Қозоғистондаги мусобақада 24 та медаль билан умумжамоа ҳисобида биринчи бўлишди! 0 14:59Асламжон Ортиқовнинг жанги бекор қилинди 0 14:35Бокс. Осиё чемпионатида якуний рейтинг қандай бўлди? 0 14:05Рюдигер "Реал"нинг Чемпионлар Лигасидаги мағлубиятининг асосий сабабини айтди 0 13:39"Мен буни амалга ошираман". Фьюри телевидение тарихидаги энг катта шоуни ваъда қилди 0

20 noy 20:10
Yangiliklar

Boks/MMA

Jahon chempionati. 1/4 finalga etib kelgan yagona vakilamiz ringga chiqdi

Hindistonning Nyu-Deli shahrida boks bo'yicha ayollar o'rtasidagi yubiley 10-jahon chempionati davom etmoqda.

Ushbu musobaqada ilk marotaba O'zbekiston terma jamoasi to'liq tarkibda ishtirok etdi. Ulardan faqat bir nafarigina jahon chempionatining chorak finaliga qadar etib keldi. 

+81 kg vazn toifasida ringga ko'tarilgan Go'zal Ismatova ilk davrada vengriyalik Adrien Junashni ikkinchi raundda texnik nokautga uchratgandi, Afsuski, bugun murakkab kechgan chorak final jangida rossiyalik Kristina Tkachyovaga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. 

Jazoir va argentinalik hakamlar bir xil 29:28 hisobida g'alabani Ismatovaga bergan. Xitoy (30:27), Misr (30:27) va irlandiyalik (29:28) hakamlar esa rossiyalik bokschining yarim finalga chiqishini xohlashgan. Agar hamyurtimiz yarim finalga yo'l olganida, kamida jahon chempionatining bronza medalini qo'lga kiritardi. 

Eslatib o'tamiz, Gulasal Sultonalieva (-48 kg) koreyalik CHo Rong Bakka 0:5, Maftunaxon Melieva (-69 kg) shotlandiyalik Megan Reydga 0:5, Ezozaxon Melieva (-75 kg) mozambiklik Adosinda Gramanga 2:3, Aziza Yoqubova (-51 kg) yaponiyalik Cukimi Namikiga 2:3, Tursunoy Rahimova (-54 kg) Modestin Munga Zaliyaga 0:5, Rio Olimpiadasi ishtirokchisi Yodgoroy Mirzaeva (-57 kg) ruminiyalik Lakramioara Perijokka 0:5, Rayhona Qodirov (-60 kg) bolgariyalik Denisa Yordanova Eliseevaga 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi. 

Malumot uchun, ushbu jahon chempionatida hamyurtlarimizdan Aleksandr Hamidov hakamlik qilyapti. U shu kungacha yigirmadan ziyod janglarda hakamlik qilishga muvaffaq bo'ldi. 

Reyting: -1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing