So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

25 okt 09:33
Yangiliklar

Kurash

Jahon chempionati. Bugun to'rt polvonimiz gilamga chiqadi, ularning raqiblari malum

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida sport kurashlari bo'yicha jahon chempionati davom etmoqda va bugundan yunon-rum kurashi bo'yicha bellashuvlar boshlanadi.

Bugun “Papp Laszlo Arena” mezbonlik qilayotgan jahon chempionatining oltinchi kungi bellashuvlarida polvonlar 55, 63, 72 hamda 82 kg vazn toifalarida gilamga chiqishadi. Yurtimiz sharafini to'rt nafar yunon-rum kurashchimiz jahon chempionati medallari uchun bahslarga kirishadi. 

-55 kg vazn toifasida yurtimiz sport sharafini Ilhom Bahromov himoya qiladi. Nankin o'smirlar Olimpiadasi g'olibi 1/8 finaldan bahslarga qo'shiladi va bu bosqichda u ukrainalik Aleksandr Trifonovga qarshi gilamga chiqadi. 

-63 kg vazn toifasida O'zbekiston nomidan Rio Olimpiadasi sovrindori Elmurat Tasmuradov ishtirok etadi. U ilk kvalifikaciya belaruslik Soslan Daurov bilan to'qnash keladi. 

-72 kg vaznda Ashxobodda o'tgan Yopiq inshoatlardagi Osiyo o'yinlari sovrindori Aram Vardanyan o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazadi. Aramning ilk saralashdagi raqibi ukrainalik Parviz Nasibov bo'ladi. Agar u Parvizdan ustun kelsa, 1/8 finalda qozog'istonlik Demeu Jadraev bilan ro'baro' keladi.

-82 kg vazn toifasida esa Nurbek Xoshimbekovdan medal kutamiz. U qura natijasiga ko'ra birinchi kvalifikaciya bahslaridan kurashga qo'shiladi. Uning raqibi xitoylik Jun Jie Na bo'ladi. G'olib chiqqan taqdirda nimchorak finalda qirg'izistonlik Atabek Azisbekov bilan uchrashadi. 

Eslatib o'tamiz, jahon chempionatining birinchi kungi bahslarida -74 kg vazn toifasida gilamga chiqqan hamyurtimiz Osiyo o'yinlari g'olibi Bekzod Abdurahmonov terma jamoamizga bronza medalini taqdim etgandi. Hozircha ana shu medal yagonaligini saqlab turibdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing