29 okt 22:08
Yangiliklar
Sport kurashlari
Jahon chempionati. Jalgasbay Berdimuratov hamda Abdullo Aliev o'tish bosqichidagi ilk janglaridayoq mag'lub bo'lib, musobaqani tark etishdi
Albaniyaning Tirana shahrida sport kurashlari bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatining ikkinchi kungi bellashuvlari o'tkazilmoqda.
Kun davomida O'zbekiston terma jamoasining ikki nafar yunon-rum kurashchisi Jalgasbay Berdimuratov hamda Abdullo Aliev gilamga chiqdi.
Sportchilarimiz kechagi bahslarda chorak finalga qadar etib borib, imkoniyatni boy bergan edi. Ular bugun o'tish bosqichida ishtirokini davom ettirdi.
82 kg vaznli Jalgasbay Berdimuratov ozarbayjonlik Gurban Gurbanovga 0:5 hisobida mag'lub bo'lgan bo'lsa, Abdullo Aliev (72 kg) Armaniston vakili Xayk Melikyan oldida ojiz qoldi — 0:9.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar