22 iyu 12:41
Yangiliklar
Jahon chempionati yo'llanmasi o'rtaga qo'yilgan O'zbekiston chempionatida g'oliblar malum
2007-2008 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida o'tgan mamlakat birinchiligida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan kelgan 270 nafardan ziyod sportchilar o'zaro bel olishishdi. Musobaqada o'g'il bolalar erkin va klassik yo'nalishlarda o'n uchta, qizlar esa erkin yo'nalishda sakkizta vazn toifasida g'oliblik uchun kuch sinashishdi.
G'oliblari Nukus shahrida o'tishi rejalashtirilgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritishi belgilangan ushbu musobaqa murosasiz va shiddatli kurashlarga boy tarzda o'tdi.
Ikki kunlik bellashuvlarda o'z vazn toifalarida Abdulatif Nuriddinov (Navoiy), Diyorbek Narziev (Buxoro), Murodullaxon Habibullaev (Namangan), SHerzod Elboev (Toshkent v.), Nastarin O'ktamova (Qashqadaryo), Gulsanam Rahmatillaeva (Namangan) singari kurashchilar barcha raqiblari ustidan g'alaba qozonib, jahon chempionatiga yo'llanmani naqd qilishdi.
Ilhom RAHMONOV tayyorladi
Fikrlar