So’nggi yangiliklar

19:35"Манчестер Юнайтед" "Рома" юлдузи билан келишувга эришди 0 18:50Рамазон Темиров: "Зарбаларим аниқроқ борганида, Стив бундан ҳам оғирроқ нокаут бўлиши мумкин эди" 0 18:02Тим Цзю Эррол Спенсни мағлуб этиб, рақибини фаолиятини якунлашга мажбур қилди 0 17:20"Ўзбекистонда ҳам чемпион бўлади. Буни биринчи бўлиб, ўзим бажараман" — Рамазон Темиров 0 16:03Ўзбекистон U-20 аёллар терма жамоаси – CAFA чемпиони! 0 15:10Рамазон Темировнинг жангдан кейинги фикрлари қандай бўлди? 0 14:01Парижда кураш бўйича Президент соврини учун мусобақа ўтказилди 0 13:07Махлуқ ролидаги Шоҳжаҳон Эргашев, тепкиланган Одилхон ва бошқалар. Тошкентдаги проф бокс оқшомидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:19Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор 0 01:00Ўзбекистонлик жангчилар иштирокидаги Octagon 89 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 00:31UFC Abu-Dhabi турнирининг бонус эгалари эълон қилинди. Рамазон Темиров рўйхатда борми? 0 00:23Кутганмидингиз?! Шоҳжаҳон Эргашевнинг Марк Урвановга қарши жанги биринчи раунддаёқ ниҳоясига етди 0 00:00Гусков Анкалаевга, Темиров эса Эрцегга қарши жанг қилди! UFC Abu-Dhabi турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 23:54UFC ABU-DHABI. БОГДАН ГУСКОВНИНГ МАГОМЕД АНКАЛАЕВГА ҚАРШИ МАРКАЗИЙ ЖАНГИ БЕШИНЧИ РАУНДДА ЯКУНЛАНДИ! 0 23:01РАМАЗОН ТЕМИРОВ ИШТИРОКИДАГИ CO MAIN EVENT ЖАНГИ БИРИНЧИ РАУНДДА ЯКУНЛАНДИ! 0

14 dek 07:52
Yangiliklar

Kurash

Jahon chempionatida 13 ta medal qo'lga kiritgan polvonlarimiz Vatanga qaytishdi + FOTO

9-13 dekabr kunlari Rossiya davlatining Qozon shahrida belbog'li kurash (borba na poyasax) bo'yicha kattalar o'rtasida jahon chempionati bo'lib o'tdi.

Mazkur jahon chempionatida belbog'li kurash bo'yicha erkaklar va ayollardan iborat terma jamoamiz (bosh murabbiy Azamjon SHokirjonov) ham munosib ishtirok etdi.

11 dekabr kuni  start berilgan jahon chempionati musobaqasida erkaklar belbog'li kurashning  erkin va klassik yo'nalishida 8 ta vazn toifasida, xotin-qizlar esa 5 ta vazn toifasida kurash tushishdi.

Quvonarlisi, 35 ta davlatdan yig'ilgan eng sara sportchilar orasida polvonlarimiz 3 ta oltin, 5 ta kumush, 5 ta bronza medallarini egallashga muvaffaq bo'lib, umumjamoa hisobida faxrli ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi va kuchlilar qatoridan joy olishdi.  

Belbog'li kurashning erkin yo'nalish bo'yicha bellashuvlarda   sportchilardan 57 kg. vazn toifasida Oybekjon Hamidov (Namangan),  68 kg.da Oybek Sultonov (Andijon), 52 kg.da Farangiz Abdunabieva (Sirdaryo) lar barcha raqiblarini engib, oltin medallarni qo'lga kiritishdi.

82 kg.da Husniddin Ro'ziev (Andijon),  100 kg.da Azamjon Anvarjonov (Andijon), +100 kg.da SHerzod Rahimov (Farg'ona), 58 kg.da Manzuraoy Mo'ydinova (Farg'ona) kumush medallariga ega chiqishgan bo'lishsa, 62 kg.da Murodjon Rahimov (Xorazm), 52 kg.da Madina Akramova (Andijon), 66 kg.da Zemfira Azatova (Qoraqalpog'iston), +76 kg.da Anife Kurtseitova (Andijon) lar uchinchi o'rinni band etib, bronza medal sohiblariga aylanishdi.

Belbog'li kurashning klassik yo'nalishida polvonlarimizdan 62 kg.da Husanboy Nosirov (Andijon) uchinchi o'rinni egallagan bo'lsa, 100 kg. da kurash tushgan Zaylobiddin Ortiqov ikkinchi o'rinni band etib, kumush medal egasiga aylandi. 

Jahon chempionati bellashuvlari yakuniga etgach, tantanali tarzdagi taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. G'olib va sovrindorlar medal, diplom, kubok va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi. 

Jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan  O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov boshchiligidagi delegaciya azolari bugun, 14 dekabr erta tongda Toshkentga qaytib keldi.

Poytaxtimizlagi “Islom Karimov” nomidagi xalqaro aeroportida jahon chempionati g'olib va sovrindorlar ota-onalar, ustoz-murabbiylari, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi vakillaridan iborat keng jamoatchilik tomonidan munosib kutib olindi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi    

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing