So’nggi yangiliklar

13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0

12 noy 15:29
Yangiliklar

Og'ir atletika

Jahon chempionatida ishtirok etgan og'ir atletikachilarimiz yurtimizda tantanali kutib olindi

Teglar :  Og'ir atletika
Xabaringiz bor, 1-10 noyabr kunlari Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida og'ir atletika bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tdi.

Ushbu nufuzli musobaqada jahonning 88 mamlakatidan 600 dan ziyod sportchilar ishtirok etdi. CHempionatda o'zbekistonlik polvonlar ham sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borishdi. Bahslarda yurtimiz sharafini 12 nafar sportchi himoya qildi va atletlarimiz musobaqa yakuniga ko'ra 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi.

Bugun jahon chempionatida ishtirok etgan og'ir atletikachilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi. Ular Toshkentdagi «Janubiy» vokzalda sport jamoatchiligi tomonidan tantanali ravishda kutib olindi.

Eslatib o'tamiz, musobaqada -102 kg vazn toifasida qatnashgan Akbar Jo'raev dast ko'tarishda oltin medalni qo'lga kiritdi. -67 kg vaznli Doston Yoqubov siltab ko'tarishda kumush medal sohibiga aylandi. -109 kg vazn toifasida bellashuvlarda Ruslan Nurutdinov siltab ko'tarishda bronza medaliga ega chiqdi. +109 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Rustam Djangabaev siltab ko'tarish va ikkikurash natijalariga ko'ra bronza medallariga sazovor bo'ldi.

Qayd etish lozimki, musobaqada -102 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Akbar Jo'raev jahon chempionati kashfiyoti bo'ldi. 19 yoshli sportchimiz kattalar o'rtasidagi musobaqada oltin medalni qo'lga kiritdi. Olimpiya o'yinlariga hali vaqt borligini inobatga olsak, 2020 yilda u 21 yoshga to'ladi va ayni kuchga kirgan payti bo'ladi. Malumot uchun, Tokio Olimpiadasiga reyting ochkolarini beruvchi musobaqalar 6 ta edi. Ashxobodda ularning dastlabkisi yakunlandi. Endi Olimpadagacha sportchilarimiz yana 5 ta musobaqada ishtirok etadilar va umid qilamizki ushbu bahslar yakuniga ko'ra polvonlarimiz terma jamoamiz uchun maksimal yo'llanmalarni qo'lga kiritadilar.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing