So’nggi yangiliklar

10:31Sofascore. Кечаги учрашувда дубль қайд этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 10:10Царукян нима учун Топурия билан жанги амалга ошмаслигини тушунтирди 0 09:49Пахтакор туманида замонавий дзюдо зали фойдаланишга топширилди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:28World Boxing Кубоги. Зокиров ва Ҳамидова кейинги босқичда 0 09:07Арбелоа кечаги ўйиндан кейин ҳакамларни танқид қилди 0 08:46Esports World Cup. Абдусатторов икки муҳим ғалаба, уни Магнус кутмоқда! 0 08:25Арман Царукян: "RAF’даги маошим UFC гонорарларига яқинлашди" 0 08:04Собиқ чемпион Чимаев — Анкалаев жанги ғоясини илгари сурди 0 07:43"Реал" қўшимча дақиқада ўтказиб юборилган гол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди 0 07:22Мария Тимофеева Швейцария турнири 1/2 финалида! 0 07:01Жиззахда яна бир замонавий яккакураш зали қад ростлади, дзюдочиларимиз у билан яқиндан танишишди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 18:10"Жангчилар бўш қолишдан қўрқишади ва қопқонга тушиб қолишади" - Фрэнсис Нганну 0 17:49Бастони "Барселона"га ўтиш учун маоши камайишига ҳам рози 0 17:28Эксперт Илия Топурия учун асосий синов кимлигини айтди 0 17:07Ҳикара Накамура: “Синдаров ютқазди...” 0

14 iyu 17:16
Yangiliklar

Dzyudo

Jahon chempionatida medal olgan ilk o'zbekistonlik - Farhod To'raevni tabriklaymiz!

Bugun O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi, istedodli va shu bilan birga talabchan murabbiy Farhod To'raev o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Farhod aka oilaviy muhit tasirida, otasi, Olot dzyudo maktabi asoschisi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy Rustam To'raevning izidan borib dzyudo sport turini tanladi. Bir sportchi erishish orzusida bo'lgan natijalarni qayd etdi. 

Xalqaro toifadagi sport ustasi Farhod To'raev 1997 yili Filippinda o'tgan Osiyo chempionatining kumush, o'sha yili Xorvatiya davlati mezbonlik qilgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida bronza medaliga sazovor bo'ldi. 1999 yilda esa Angliyaning Birmingem shahrida bo'lib o'tgan kattalar o'rtasidagi jahon chempionatida kumush medalga ega chiqdi. Bu bilan u mustaqil O'zbekistonga dzyudo bo'yicha jahon chempionatining ilk medalini taqdim etgan ilk sportchiga aylandi. 

SHuningdek, bugungi kun qahramoni ko'plab nufuzli xalqaro musobaqalar, "Katta Dubulg'a", Gran-pri turkumiga kiruvchi turnirlar g'olib va sovrindori bo'ldi. Jonkuyar murabbiy ko'plab nomdor sportchilarning ustozi hisoblanadi. Istedodlarni tayyorlash jarayoni bugungi kunda ham davom etmoqda. 

Farhod To'raevni bugungi tavallud ayyomi bilan muborakbod etamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing