18 iyu 17:31
Yangiliklar
Jahon chempionatida qatnashgan to'rt og'ir atletikachimizning bari yurtimizga medal bilan qaytadi
Ortda qolgan yana bir kun delegaciyamiz uchun muvaffaqiyatli o'tdi. -102 kg vazn toifasida bahs olib borgan Qudratbek Salimjonov barcha dasturlarda kumush medalga sazovor bo'ldi.
Yurtdoshimiz dast ko'tarishda 156 kg, siltab ko'tarishda 171 kg, ikki kurashda esa 327 kg natija qayd etdi. Ushbu yo'nalishda oltin medallar qozog'istonlik Nikita Abdrahmanovga nasib qildi.
O'smirlar o'rtasidagi JCH. Yigitlar, -102 kg:
1. Nikita Abdrahmanov (Qozog'iston) – 348 (157+191) kg;
2. Qudratbek Salimjonov (O'zbekiston) – 327 (156+171) kg;
3. Boqi Qiymet (Turkiya) – 295 (132+163) kg.
SHu tariqa, mazkur musobaqada hamyurtlarimizning ishtiroki o'z yakuniga etdi. Unda 4 nafar sportchi bilan qatnashgan jamoamiz 8 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo'lga kiritib, barchalari diyorimizga medallar bilan qaytadigan bo'lishdi.
Fikrlar