20 dek 10:55
Yangiliklar
Jahon chempionatidan qaytgan og'ir atletikachilarimiz tantanali kutib olindi + FOTO
Unda yurtimiz sharafini himoya qilgan og'ir atletika bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi vatanimizga qaytib keldi.
Sportni rivojlantirish vazirining o'rinbosari, mamlakat og'ir atletika federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari SHahrullo Mahmudov boshchiligidagi delegaciyani vazir Adham Ikramov hamda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov va katta sport jamoatchiligi kutib oldi.
Mutasaddilar atletlarimizni qo'lga kiritgan yutuqlari bilan qutlashar ekan, kelgusida ulardan yanada ulkan natijalarni kutib qolishlarini aytishdi. Xususan, -109 kg vazn toifasida jahon “taxt”tiga qaytgan Ruslan Nurudinovning g'alabasi yana bir karra madh etildi. Uning bu natijasi o'zbek og'ir atletikasida yangi sahifa ochgani alohida tilga olindi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi jahon chempionatida 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida musobaqani oltinchi pog'onada yakunladi.
Fikrlar