13 okt 10:58
Yangiliklar
Dzyudo

Jahon chempionatidan qaytgan yoshlarimiz tantanali kutib olindi FOTOREPORTAJ
Peru poytaxti Lima shahri mezbonlik qilgan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi delegaciyasi Vatanga qaytdi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida muzaffar sportchilarimizni O'zbekiston dzyudo federaciyasi mutasaddilari, dzyudochilarimiznining oila azolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari kutib olishdi.
Malumot uchun, yoshlarimiz ushbu dunyo birinchiligida 6 ta (1 ta kumush, 5 ta bronza) medal bilan dunyoning 65 davlati orasida Top-10'talikdan joy olishgan edi.
Jahon chempionatida shohsupaga ko'tarilgan dzyudochilarimiz:
Kumush medal
+78 kg: Umida Nig'matova
Bronza medallar
-48 kg: Laziza Haydarova
-60 kg: Samariddin Qo'chqorov
-81 kg: Samariddin Muxibiddinov
-90 kg: Alisher Samanov
-100 kg: Muhammadali Zoirov
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar