18 apr 10:10
Yangiliklar
Jahon chempionatini tarixiy natija bilan yakunladik + FOTOREPORTAJ
Dunyoning 115 mamlakatidan 1000 nafarga yaqin sportchini jamlagan mazkur musobaqada sportchilarimiz 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza, jami 6 ta medal jamg'arib, umumjamoa hisobida faxrli 3-o'rinni egallashdi.
G'olib va sovrindorlarimiz:
Oltin medallar:
-48 kg: Yosinbek Odilov
-51 kg: Asadbek Samandarov
-63 kg: Mohidil O'ktamjonova
Kumush medallar:
-68 kg: Ayubxon Nabiev
+78 kg: Alisher Pak
Bronza medali:
-45 kg: SHohjahon Xolmurodov
Bu jamoamizning jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi natijasa bo'ldi. Bungacha eng yuqori ko'rsatkich 2024 yil Koreya Respublikasining CHuncheon shahrida o'tgan dunyo birinchiligida qayd etilgan bo'lib, unda hamyurtlarimiz 1 tadan oltin va bronza medallariga ega chiqishgan edi.
Qizlarimiz ham ilk bor jahon chempioni degan sharafli nomga sazovor bo'lishdi. SHuningdek, yigitlarimiz 405 ball bilan ochkolar jamg'arish bo'yicha 115 davlat orasida umumjamoa hisobida 1-o'rinni egallashdi.




















Fikrlar