28 may 08:02
Yangiliklar
Og'ir atletika
Jahon chempionatining beshinchi kunidan JONLI FOTOREPORTAJ
Xabaringiz bor, shu kunlarda poytaxtimiz yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.
Musobaqaning beshinchi kuni yurtdoshlarimiz uchun muvaffaqiyatli keldi. Atletlarimiz jami 8 ta medalni qo'lga kiritishdi. Kumushxon Fayzullaeva -71 kg toifasida jahon chempionatining bitta oltin va ikkita kumush medaliga sazovor bo'ldi.
Erkaklar o'rtasidagi -81 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda yurtimiz sharafini himoya qilgan Muhammadqodir Toshtemirov ikki kurash yakunlariga ko'ra umumiy 343 (161 + 182) kg natija bilan 3 ta oltin medalga ega chiqdi. Ushbu vazndagi yana bir atletimiz Hojiakbar Olimov ham ishonchni oqladi hamda siltab ko'tarish va ikkikurash natijasiga ko'ra bronza medallarini qo'lga kiritdi.
Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar