27 noy 17:15
Yangiliklar
Jahon chempionatining ikkinchi kuni 5 nafar kurashchimizning bari shohsupaga ko'tarildi + FOTO
Bugungi bellashuvlarda erkaklar -81, -90 kg, ayollar esa -57, -63 va -70 kg vazn toifalarida jahon chempionati medallari uchun gilamga chiqishdi. Yurtimiz sharafini ushbu murosasiz bahslarda himoya qilgan 5 nafar kurashchimizning bari shohsupaga ko'tarildi.
-81 kg vaznda kurashgan Umid Esonov, -63 kg vazndagi Oliya Hamidova barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, jahon chempioni degan sharafli nomga sazovor bo'lishdi. Finalda eronlik raqibidan ustun kelgan Umid Esonov endi uch karra jahon chempioni.
Finalga qadar etib kelgan Jonibek Qozoqov (-90 kg) va SHahnoza Bozorova (-70 kg) kumush medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, Hojar SHapoatova (-57 kg) bronza medaliga ega chiqdi.
SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi ikki kunlik bellashuvlar yakuniga ko'ra 4 ta oltin, 4 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Eronlik kurashchilar bu borada hozircha peshqadam.
Fikrlar