So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

25 noy 17:33
Yangiliklar

Kurash

Jahon chempionatining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi + FOTO

Teglar :  Belbog'li kurash
Bugun 25 noyabr kuni Jizzax shahridagi “So'g'diyona” sport majmuasida belbog'li kurash bo'yicha o'smir yigitlar va qizlar o'rtasidagi Jahon chempionatining yuqori saviyadagi tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Unda  so'zga chiqqan  Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliev  keyingi  yillarda sport turlarini rivojlantirish  borasida yurtimizda, xususan, viloyatda olib borilayotgan ishlar haqida to'xtalib,   Jizzaxda ilk bor o'tkazilayotgan ushbu chempionatda ishtirok etayotgan 30 dan ortiq  davlatlarning 300 nafardan ortiq sportchilariga  omad tiladi. SHuningdek, tadbirda so'zga chiqqan Turizm va sport vazirining o'rinbosari Avazbek Karimov, Jahon belbog'li kurash associaciyasi prezidenti Azizbek G'anievlar   bugungi kunda  belbog'li kurashni  dunyo miqyosida  ommalashtirish borasida  amalga oshirilayotgan ishlar haqida so'z yuritishdi.

Tadbirda takidlanganidek, milliy sport turimiz bo'lgan belbog'li kurashni dunyo bo'ylab keng miqyosda rivojlantirish maqsadida joriy yilning 27 sentyabrida Litvaning Vilnyus shahrida Jahon belbog'li kurash associaciyasi (JBKA) tashkil etildi va rasman Evropa Ittifoqidan ro'yxatdan o'tkazildi. Mazkur associaciyaga hamyurtimiz Azizbek Abduhalilovich G'aniev prezident etib saylandi. Bu esa belbog'li kurashni dunyo miqyosida rivojlantirishda  tub burilish yasadi. Joriy yilning 7-10 oktyabr kunlari aynan Jahon belbog'li kurash associaciyasi  rahbariyati  tashabbusi va homiyligida tarixda ilk bor Ukraina davlatining Lvov shahrida belbog'li kurash bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasida Evropa chempionati o'tkazildi.

Ushbu Jahon chempionati O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, Jahon belbog'li kurash associaciyasi (JBKA), O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, Jizzax viloyati hokimligi, Jizzax viloyati prokuraturasi, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi hamda qator vazirlik va tashkilotlar ko'magida o'tkazilmoqda. 

Tadbirda ishtirok etayotgan mehmonlarga  Belbog'li kurash federaciyasi va Jizzax viloyati hokimligining qimmatbaho esdalik sovg'alari topshirildi. SHuningdek,  sportni rivojlantirishga qo'shayotgan hissasi uchun Jizzax viloyati hokimi  Ergash Saliev va   Jahon belbog'li kurash  associaciyasi prezidenti Azizbek G'anievga  Turizm va sport vazirligi tasis etgan  “Jismoniy tarbiya va sport alochisi” ko'krak nishonlari topshirildi. 

SHundan so'ng chempionat bahslariga start berildi. Bugun o'g'il bolalar belbog'li kurash yo'nalishida 57, 62, 68, 75, 82, 90, 100,+100 kg.  vazn toifasida,  qizlar belbog'li kurash yo'nalishida 48,52, 58, 66, 76, +76 kg.  vazn toifalarida bellashishmoqda. 

Musobaqani xalqaro toifadagi hakam Nematulla To'ychiev boshchiligida 40 nafar xalqaro toifadagi hakamlar guruhi boshqarib bormoqda. 

Reglamentga muvofiq, ertaga o'g'il bolalar va qizlar belbog'li kurashning erkin yo'nalishida yuqorida ko'rsatilgan vazn toifalarida g'oliblik uchun kurashishadi. 

Jahon chempionatining sovrin jamg'armasi 56.000 AQSH dollarini tashkil etadi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

FOTO: Alimurod Mamadaminov



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing