09 mar 22:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Jahon chempioni Mirazizbek Mirzaxalilov Olimpiada licenziyasi uchun jang o'tkazdi
Amman shahrida boks bo'yicha Osiyo/Okeaniya mintaqasining licenzion musobaqasi davom etmoqda.
Hozirgina -57 kg vazn toifasidagi bokchimiz Mirazizbek Mirzaxalilov chorak final jangini yakunladi. Ilk jangida hindistonlik Gaurav Solankini 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan Mirzaxalilov yarim final hamda Olimpiada chiptasi uchun gonkonglik Sing YU Coga qarshi ringga ko'tarildi.
Amaldagi jahon chempioni bo'lgan Mirazizbek uch raund to'liq davom etgan jangda raqibini yaqqol ustun bilan 5:0 hisobida dog'da qoldirdi. Bu bokschilarimiz tomonidan qo'lga kiritilgan Tokio-2020 Olimpiadasi uchun oltinchi licenziya bo'ldi!
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar