23 jan 09:05
Yangiliklar
Qilichbozlik
Jahon kubogi: Sablyachilarimiz Ispaniyada bronza medaliga ega chiqdi
Ispaniyaning Segoviya shahrida qilichbozlikning sablya yo'nalishida yoshlar o'rtasidagi Jahon kubogi bosqichi o'tkazildi.
Ahamiyatlisi, musobaqada qizlarimiz jamoaviy dasturda uchinchi o'rinni egallashdi.
CHorak finalda xitoylik qilichbozlarni 45:19 hisobida mag'lub etgan hamyurtlarimiz yarim finalda AQSHga 27:45 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Bronza medali uchun kechgan murosasiz bahsda esa Italiya jamoasi 45:41 hisobida taslim etildi. Musobaqada terma jamoamiz safida Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari g'oliblari Gulistan Perdibaeva hamda Fernanda Errera, o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati sovrindori Nargiza Jaksibaeva, shuningdek, Samira SHokirova harakat qilishdi.
Eslatib o'tamiz, Toshkent mezbonlik qilgan shpagachi qizlar bahsida ham yurtdoshlarimiz shohsupaning uchinchi pog'onasidan joy olishgan edi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar